"Buxoro"ning to'purar hujumchisi legionerga aylanmoqda
12 jan 2022 20:12
Yangiliklar
"Buxoro"ning to'purar hujumchisi legionerga aylanmoqda
Pro liganing tajribali hujumchilaridan biri Davron Isoqov yaqin kunlarda legionerga aylanadi.
O'tgan mavsum "Buxoro" tarkibida sermahsullik ko'rsatgan 33 yoshli futbolchiga Qirg'izistonning "Neftchi" klubidan taklif tushgan. SHu bois Isoqov ertaga ushbu klub vakillari bilan uchrashib, muzokaraning yakuniy qismini olib boradi. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgan. Katta ehtimol bilan klub va futbolchi o'rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi. Bu haqda futbolchining o'zi bilan bog'langanimzda, ushbu malumotni tasdiqladi.
Qo'chqorotaning "Neftchi" jamoasi o'tgan mavsum mamlakat kubogi sohibi bo'lib, joriy yil OFK Kubogida ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritdi.
Fikrlar