"Buxoro"ning Tojikistondagi yig'iniga yakun yasaldi
17 sen 2023 15:15
Yangiliklar


"Buxoro"ning Tojikistondagi yig'iniga yakun yasaldi
CHempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Xo'jand shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borgan jamoa bugun Buxoroga qaytib keldi.
"3 kunlik qisqa tatildan so'ng jamoamiz azolari 20 sentyabrdan klub qarorgohida yig'ilib, navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi", – deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" jamoasi keyingi tur uchrashuvini 27 sentyabr kuni safarda Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi o'tkazadi. Klub ayni paytda 14 ochko jamg'arib, 12-o'rinni band etib turibdi.
Oldinroq "Buxoro" Tojikiston klubi bilan durang o'ynagani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar