“Buxoro”da murabbiylar o'zgarishi ichki muhitga qanchalik tasir qilgani, Superligada o'ynab keta olmayotganining sababi, PRO-Ligadagi intriga haqida – Davron Isoqov bilan suhbat
16 may 2021 14:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637447_original.jpg)
![](/upload/storage/637447_220.jpg)
“Buxoro”da murabbiylar o'zgarishi ichki muhitga qanchalik tasir qilgani, Superligada o'ynab keta olmayotganining sababi, PRO-Ligadagi intriga haqida – Davron Isoqov bilan suhbat
32 yoshli futbolchi PRO-Ligada qaysi klubda o'ynamasin to'purarlik qilishdan tashqari jamoasining Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishida katta xissa qo'shadi. SHu bois o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoalar Isoqovni tarkibga qo'shib olishga urinadi. Mavsum avvalida “Istiqlol” jamoasidan “Buxoro”ga ko'chib o'tgan Davron yangi klubi safida ham o'zini ko'rsatmoqda. Uning hisobida hozircha 5ta gol mavjud. Kecha “Xorazm” bilan o'tgan o'yinda buxoroliklar o'z maydonida 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Davron Isoqov mazkur uchrashuvda dubl qayd etdi. O'yindan keyin tajribali hujumchi bilan suhbatlashdik.
- Davron, avvalo jamoangizning uzoq kutilgan g'alabasi bilan tabriklaymiz. “Xorazm”ga qarshi kechgan bahs haqida fikringiz qanday?
- Tabrik uchun rahmat! Bugungi g'alaba bilan men ham buxorolik futbol ishqibozlarini tabriklayman. Xabaringiz bor, beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmasdan kelayotgandik. Ushbu yoqimsiz ananaga chek qo'yish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Yaratganga shukur, ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Omadimiz ham keldi. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin kutilganidek qiyin kechdi. “Xorazm” munosib qarshilik ko'rsatdi.
- Oxirgi vaqtlarda “Buxoro” bitta sof hujumchi bilan o'ynamoqda. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Qanday taktika asosida o'ynashimizni murabbiylar shtabi hal qiladi. Mening vazifam har qanday xolatda ham maydonga chiqib o'z ishimni bajarish.
- Har yili PRO-Ligada to'purarlar ro'yxatidan o'rin egallab kelasiz. Bu yilgi chempionatda o'z oldingizga bu borada qanday maqsadlarni qo'ygansiz?
- Eng avvalo men uchun birinchi navbatda jamoa manfaati turadi. “Buxoro”ning oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. SHunday ekan maqsadga erishish uchun men ham qo'limdan kelganicha yordam berishga xarakat qilaman. Golni kim urishi unchalik ahamiyatsiz. Asosiysi jamoamning g'alabasi. Negaki, kiritgan golingiz jamoaga g'alaba keltirmasa, o'zizga ham tatimaydi.
- Har mavsum PRO-Ligada to'purarlik mahoratingizni namoysh etib kelasiz. Ammo negadir Superligada barqaror o'ynab ketish nasib etmayapti. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- To'g'risi, Superligada menga shu kungacha imkoniyat berishmadi. Har yili qaysidir jamoa bilan elitaga chiqamiz. Keyin qishki yig'inlarda murabbiylar umuman boshqa hujumchilarni taklif etib, ularga ishonch bildirishadi. Bunday xolatga oxirgi yillard ko'nikib ham qoldim. Lekin murabbiylar Superligada ham xuddi PRO-Ligadagi kabi ishonch bildirishsa, bemalol o'ynab keta olishimga ishonaman.
- “Buxoro”da bosh murabbiyning o'zgarishi jamoaning ichki muhitiga qanchalik tasir o'tkazdi?
- Murabbiy o'zgargani bilan ichki muhit o'sha o'sha.
- Anvar Berdiev bosh murabbiy bo'lgach, jamoaning o'yin uslubi va taktikasi ham o'zgardimi?
- Albatta, har bir murabbiyning futbolga o'z qarashi bo'ladi. Anvar Qurbonovichning ham o'z taktik uslubi bor. Qaysidir manoda o'zgarish bo'ldi deya olaman.
- Jamoangizning Superligaga qaytish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Oldindan tayinli fikr bildirish qiyin. CHempionat endi boshlandi. Hali mavsum uzoq vaqt davom etadi. Menimcha hamma narsa kuzda hal bo'ladi. SHunisi aniqki, hozir birorta jamoani ham kuchsiz deb bo'lmaydi.
- Bu yilgi PRO-Liga haqida fikringiz qanday?
- CHempionat har yilgidan-da ancha qiziqarli o'tmoqda. Har bir o'yin juda qiyin kechmoqda. O'ziga yarasha intriga yuza kelgan. SHundan ham bilsa bo'ladiki, PRO-Liga saviyasi oshganini.
- Yaqinda ijtimoy tarmoqlarda O'zPFL “Buxoro”dan o'tgan yilgi qarzdorliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun 3 ochko olib tashlaydi degan xabarlar paydo bo'ldi. Bu yangilik jamoaning ruhiyatiga salbiy tasir o'tkazgan bo'lsa kerak?
- Bu haqda sira o'ylaganim yo'q. Menimcha hamma maydonda bor kuchi bilan xarakat qilmoqda. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
- “Buxoro” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan o'yinlarda jamoaga nima etishmadi? Omadmi yoki jamoa bosim ostida qolib ketdimi?
- Menimcha bosim hozir har bir jamoada bor. CHunki hech kim osonlikcha taslim bo'lishni istamayapti. “Buxoro”ga ozgina omad ham kelmadi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar