So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

“Buxoro”da ichki muhit qanday? Jamoa o'yinida o'zgarish ko'ramizmi? Mirislom Hasanov bilan suhbat Yangiliklar

“Buxoro”da ichki muhit qanday? Jamoa o'yinida o'zgarish ko'ramizmi? Mirislom Hasanov bilan suhbat

Avval xabar berganimizdek, “Buxoro” jamoasida bosh murabbiy Anvar Berdiev kuni-kecha istefoga chiqdi.

Uning yaqin yordamchisi Sergey Lebedev ham jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi. Ayni damda jamoani bo'lajak bahslarga mahalliy murabbiy Mirislom Hasanov tayyorla bormoqda. Xabaringiz bo'lsa kerak, buxoroliklar ertaga o'z maydonida PRO-Liga peshqadami “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Hozirgacha chempionat doirasida umuman mag'lub bo'lmasdan kelayotgan farg'onaliklarga qarshi bahs oson o'tmasligi aniq. Xo'sh, bo'lajak uchrashuv oldidan “Buxoro”da ichki muhit qanday? Jamoaning yangi ustozi Mirislom Hasanov bilan suhbatlashib, shu va boshqa savollarga javob oldik. 

Darvoqe, yosh mutaxassisning kamtarligi tutib jamoasining muhim o'yini oldidan intervyu berishga avvaliga ko'nmadi. Avval bir nimani qoyillatmasdan darhol matbuotda chiqish qilsak, jamoatchilik qanday qabul qilarkin qabilida fikr bildirib, suhbatni keyinroqqa qoldirishni so'radi. O'z navbatida biz ham qarorimizda qatiy turib, bo'lib o'tgan o'zgarishlar va bo'lajak o'yinga tayyorgarlik xususida malumot berishini so'radik. 

- “Buxoro” uchun begona murabbiy emassiz. O'tgan yili ham deyarli xuddi shunday vaziyatga tushgandiz. Yani jamoada vaqtincha bosh murabbiy vazifasini o'tash siz uchun birinchi marotaba takrorlanmayapti...

- To'g'ri aytib o'tdingiz, “Buxoro” men uchun allaqachon qadrdon jamoaga aylangan. O'z vaqtida malum muddat futbolchi sifatida jamoa sharafini himoya qilganman. Oxirgi yillarda esa murabbiy sifatida U-21 yoshlar jamoasini shakllantirib, mahalliy yoshlar bilan ishlab kelayotgandim. O'tgan mavsum jamoamizning tojikistonlik ustozi Muhsin Muhammadiev karantin sabab jamoa bilan birga bo'lmagan vaqtida bosh murabbiy sifatida vaqtincha jamoani boshqarib turgandim. Bu yil ham rahbariyat menga yana shunday imkoniyat berdi. SHunday ekan o'zimga bildirilgan ishonchni to'liq oqlash va murabbiy sifatida yanada o'zimni ko'rsatish uchun astoydil ishlayman.   

- Jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishingizni qachon va qay tarzda yuz berdi?

- Xabaringiz bor, mendan oldin jamoani Anvar Berdiev boshqarib kelayotgandi. Safarda “Dinamo”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin bosh murabbiy istefoga chiqdi. SHundan keyin menga klub menejeri Usmon Toshev aloqaga chiqib, asosiy jamoani boshqarishim kerakligini aytdi. Bilsangiz kerak, Buxoro futboli uchun ko'p mexnati singan Usmon Qudratovich yaqinda jamoada menejer sifatida ish boshladi. Ammo u kishining Tojikiston milliy terma jamoasidagi ishi to'liq yakuniga etmagani sababli, hozircha “Buxoro” bilan birga emas. SHu bois masofadan turib bo'lsada, bizga o'z maslahatlarini berib bormoqda. Hozircha buxorolik yana bir sobiq futbolchi Suhrob Qobilov bilan birga asosiy jamoani bo'lajak uchrashuvlarga tayyorlayapmiz.  

- Qishki yig'inlar chog'ida Davron Fayzievga yordam bergansiz. Jamoa tarkibidagi o'yinchilar sizga begona emas...

- Ha, yil boshida “Buxoro”ni tajribali murabbiy Davron Fayziev qabul qilib olgach, meni ham shtabida bo'lishimni aytib, birga ishlashni taklif qilganida bajonidil  u kishiga yordam bera boshlagandim. Lekin mavsum starti arafasida jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga Anvar Berdiev bilan Serey Lebedevni olib kelgach, men o'z xohishimga binoan U-18 yoshlar jamoasini shakllantirishga qaror qildim. O'sha vaqtdagi bosh murabbiy Davron Orifovich ham bu qarorimni qo'llab-quvvatladi. SHundan so'ng U-18 birinchiligida “Buxoro” yoshlar jamoasi bilan birga ishtirok etib kelayotgandik. Savolingizga keladigan bo'lsak, asosiy tarkibning deyarli barcha o'yinchisi bilan yaqindan tanishman va bu borada ortiqcha muammo yo'q. Jamoaga tajribali futbolchilar jalb etilgan. Hammasi professional bo'lgani uchun ham mashg'ulotlar chog'ida hozircha til topishishimiz qiyin kechmayapti. Umid qilamanki, hammamiz bir maqsad yo'lida jipslasha olamiz.  

- Sizda qanday murabbiylik licenziyasi mavjud?

- Hozircha “V” toifali licenziyaga egaman. SHu o'rinda hozir “Buxoro”da bosh murabbiy emasligimni aytib o'tmoqchiman. Garchi mashg'ulotlarni o'tkazib, jamoani bo'lajak bahslarga olib tushsamda, o'zimni bosh murabbiy deyishdan yiroqman. Bu masala Usmon Toshev Tojikistondan qaytib kelgach, to'la-to'kis xal etiladi. 

- “Buxoro”da Davron Fayziev va Anvar Berdievning bosh murabbiy sifatida uzoq vaqt ishlay olmaganiga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Qishki yig'inlar chog'ida Davron Fayziev jamoani yangitdan tuzgandi. Mahoratli ijrochilar taklif etildi. Jamoaning o'yin uslubi ham sekin-asta yaratilib borilayotgandi. Ammo rahbariyat istefo borasida juda tez qaror qabul qilgani menimcha katta xato bo'ldi. CHunki uchta g'alaba va bir mag'lubiyatdan keyin bosh murabbiyning o'z vazifasidan ozod qilinishi shoshma-shosharlikdan boshqa narsa emas. “Yangier”dan uchralgan mag'lubiyat Fayzievning istefosiga sabab bo'ldi. Anvar Berdievga keladigan bo'lsak, bu murabbiy davrida ham jamoa qimmatli ochkolarni boy bergani rahbariyatga yoqmadi. Aytishadiku, futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi deb. Murabbiyning qismati ham o'yindan o'yingacha bo'ladi. 

- Ketma-ket o'zgarishlardan keyin jamoada ichki muhit qanday?

- Bosh murabbiyning almashishi istaysizmi yo'qmi baribir futbolchilarga ruhan tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Bu bilan ichki muhit buzilib, tartib—intizom izdan chiqqan demoqchi emasman. Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoamizda professional futbolchilar yig'ilgan. Ular vazifani ado qilish uchun astoydil ter to'kmoqda. Jamoamiz sardori SHavkat Salomov ham ichki muhitni yanada yashilash uchun bizga yaqindan yordam bermoqda. Umuman olganda futbolchilarga etiroz yo'q. 

- Har bir murabbiyning futbolga o'z qarashi bo'ladi. Siz ham “Buxoro”da hozir o'z falsafangiz bo'yicha ishlayapsizmi yoki Usmon Toshev bergan dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazib turibsizmi?

- Albatta, har kuni Usmon Qudratovich bilan telefon orqali muloqotda bo'lib turibmiz. U kishi etuk mutaxassis. Futbolda katta tajribaga ega. O'z vaqtida Toshevning qo'li ostida futbolchi sifatida o'ynaganman. SHuning uchun bizdan o'z maslahatlarini ayamayapti. Bu bilan menga alohida dastur berib, shu bo'yicha ishlaysan deb turib olmayapti. Vaziyatdan kelib chiqib, ish tutmoq foydali ekanligini aytib turibdi. SHu bois o'zimning tushuncham bo'yicha yigitlar bilan mashg'ulotlarda ko'proq texnik-taktik jihatlar bo'yicha ishlayapmiz. 

- Ketma-ket murabbiylarning istefosidan so'ng ko'pchilik “Buxoro”ning Superligaga qaytish imkoniyati pastlab ketgani to'g'risida fikr yuritmoqda. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Qimmatli ochkolar boy berilgan bo'lsada, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun hamon imkoniyatimiz bor. SHunday ekan astoydil xarakat qilib, vazifani bajaramiz. Oldindan o'yinlar ko'p. 

- U-18 jamoasidagi ishingizni ham parallel ravishda davom ettirasizmi?  

- Ularni ham tabiiyki nazoratda ushlab turaman o'zim. Mashg'ulotlarni yordamchim Anvar Rajabov o'tkazmoqda. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, sobiq hujumchi Anvar Rajabov menga yoshlar jamoasida yaqindan ko'maklashib kelmoqda. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика