So’nggi yangiliklar

13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  0 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  6 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0

"Buxoro" yangi avtobusga ega bo'ldi FOTO Yangiliklar

"Buxoro" yangi avtobusga ega bo'ldi FOTO

Teglar :  avtobusBuxoro
"Buxoro" professionallik sari dadil odimlamoqda.

Jamoa eng avvalo chempionatdagi natijalarini yaxshilash, egallab turgan o'rnini yanada ijobiy ko'rinishga keltirish va eng asosiysi ashaddiy ishqibozlarini xursand qilishni o'z oldiga asosiy maqsadlardan bir sifatida qo'ygan. SHuningdek "Buxoro" asta-sekin o'z infratuzilmasini ham yaxshilab borish va xalqaro maydonlarda ishtirok etish uchun har jihatdan tayyorlanib borishga ham etibor qaratmoqda. Xabaringiz bor, bu yil "Buxoro" deyarli yangitdan tashkil etilgan tarkib bilan chempionatni boshlagandi. Ammo qayd etilayotgan natijalar sira yomon emas. Murabbiylar shtabi qo'l ostidagi futbolchilar bilan astoydil ishlab, ularni har bir uchrashuvga faqat va faqat g'alaba uchun undamoqda. Albatta ijobiy natijalar zamirida so'zsiz rahbariyatning hissasi beqiyos ekanligini alohida takidlash lozim. Zero, bugungi kunda hech bir jamoa, klub mutasaddilari tomonidan qo'llab-quvvatlashlarsiz biror-bir ijobiy natija qayd eta olmasligi ayni haqiqatdir. "Buxoro"ning ayni paytdagi egallab turgan o'rni (2-o'rin) va umuman chempionat va mamlakat Kubogidagi mazmunli ishtiroki tabiiyki klub rahbariyatini ham quvontirmoqda va ular ham bunga javoban yaqinda klubga yangi zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo'lgan "MAN" rusumli avtobusni harid qilib, munosib tarzda yigitlarning kayfiyatini yanada ko'tardi deyish mumkin.
Albatta klubga yangi avtobus taqdim etilgani jamoaning har bir azosini yanada to'lqinlantirdi va muhim bahslar oldidan qo'shimcha quch bag'ishladi.
Endilikda "Buxoro" biroz eskirgan "Mercedes" rusumli avstobusidan emas balki "MAN" rusumidagi yangi avtobusidan foydalanmoqda.







"Buxoro" matbuot xizmati.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика