"Buxoro" safardagi 24ta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga Bekobodda barham berdi
30 okt 2015 17:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/187242_original.jpg)
![](/upload/storage/187242_220.jpg)
"Buxoro" safardagi 24ta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga Bekobodda barham berdi
Bugun oliy ligannig 28-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda "Buxoro" klubi Bekoboddan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa buxoroliklar bu mavsumda ilk bor safardagi o'yinda 3 ochkoga ega bo'lishdi.
Bunga qadar safardagi 13ta o'yinda jamoa 3 marta durang o'ynagan va 10 bor yutqazgandi.
"Buxoro" so'nggi bor 2014 yilning 12 aprel kuni safarda g'olib bo'lgandi. O'shanda "So'g'diyona" 1:0 hisobida taslim qilingandi. SHundan keyin safardagi jami 24ta o'yinda "Buxoro" umuman g'alabaga erisha olgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar