So’nggi yangiliklar

21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  4 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  39 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  12 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  18 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

“Buxoro” –“Qo'qon-1912”. Prevyu Yangiliklar

“Buxoro” –“Qo'qon-1912”. Prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912Buxoro
Oliy liga 19-turida “Buxoro” klubi o'z maydonida “Qo'qon-1912” klubini qabul qiladi.

Bu jamoalarning statistik malumotlarini hukmingizga havola etamiz.

O'zaro o'yinlar

Ushbu  jamoalar Oliy ligada 21 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 8 tasida vakillarimiz g'olib bo'lishgan, 2 ta o'yin durang natijasi bilan intiho topgan. 11 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati 41:30, “Buxoro” foydasiga. O'zaro o'inlarda “Buxoro” 35, “Qo'qon-1912” esa 26 ochkoni qo'lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi ikki uchrashuvda buxoroliklar g'alaba qozonishgan.

Qo'qonda bo'lib o'tgan bahsda 0:1 hisobi qayd etilgan.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
19.09. 2016 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
10.08.2003 Buxoro – Qo'qon-1912 4:2
04.05.2002 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
29.03.2000 Buxoro – Qo'qon-1912 2:0
05.05.1999 Buxoro – Qo'qon-1912 6:1


Kubokdagi o'yinlar
Bundan tashqari, bu jamoalar O'zbekiston kubogi chorak finalida ham ikki bor o'zaro maydonga tushishdi. Davralar oralig'ida o'tkazilgan o'yinlarning birinchisida1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, javob uchrashuvida buxoroliklar 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Qo'shimcha nomga ega shaharlar
Juma kuni uzoq tarixga ega ikki shaharning jamoalari o'zaro maydonga tushishadi. Aytishlariga qaraganda, qo'shimcha nomi bor shaharlar dunyoda juda kam ekan. Aniqrog'i, Huqandli latif va Buxoroi sharif nomi bilan ataluvchi shaharlarni butun dunyoda tan olishgan.

Yana bir qiziq jihati shundaki, bu ikki jamoa oldin boshqa nomlar bilan faoliyat yuritishgan va ko'plab yutuqlarga erishgan.

 

Sobiq futbolchilar

Ayni damda buxoroliklar sharfani himoya qilayotgan bir qator futbolchilar ilgari “Qo'qon-1912” jamoasi to'p surishgan yoki Qo'qon futbol maktabi tarbiyalanuvichisi sanalishadi.

Masalan, Ruslan Melziddinov Qo'qon shahrida tug'ilgan bo'lib, futboldagi faoliyatini aynan shu erda boshlagan.

Asilbek Omonov esa o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Qo'qon-1912” jamoasida to'p surgan.

“Qo'qon-1912” jamoasi safida ham “Buxoro”ning sobiq o'yinchilari yo'q emas.

Birinchi davrani buxoroliklar safida o'tkazgan SHoxrux Xolmatov hozirda “Qo'qon-1912” jamoasida faoliyat yuritmoqda.

 
Hakamlar
“Buxoro” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini SHerzod Qosimov boshchiligiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.

Bungacha SHerzod Qosimov 30 may kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvini boshqaragandi.

Oliy liga
19-tur
Buxoro (Buxoro) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar
: SH. Qosimov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика