"Buxoro" - "Paxtakor" o'yinida penalti bo'lganmidi? "Alyo, ref!"ning bu borada o'z fikri bor
31 okt 2023 18:38
Yangiliklar
"Buxoro" - "Paxtakor" o'yinida penalti bo'lganmidi? "Alyo, ref!"ning bu borada o'z fikri bor
Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliganing 23-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi. Matnda "Navbahor" va "Nasaf"ning 22-turdagi qoldirilgan o'yini ham bor.
✅ "Olimpik" - "Qizilqum"
Hakam dastlab "Qizilqum" foydasiga penalti berib adashdi. VAR esa vaziyatga to'g'ri aralashmoqda. "Qizilqum" o'yinchisi to'pni oldiroqqa yo'naltirmoqda va unga tegmoqda, so'ngra "Olimpik" darvozaboni to'pga sakragan holda qo'llarini yo'naltirdi. SHundan so'ng to'p hujumdagi o'yinchining tizzasiga tegmoqda va oldinga yo'nalmoqda. Keyin esa o'yindagi to'qnashuv sodir bo'lmoqda, darvozabon so'zsiz to'pga birinchi bo'lib o'ynadi.
✅ "Olimpik" - "Qizilqum"
Hakam qoidani jiddiy buzganligi uchun "Olimpik" o'yinchisini chetlatib to'g'ri qildi, VAR esa vaziyatga to'g'ri aralashdi. "Olimpik" o'yinchisi raqibi to'pni uning yo'nalishidan olganidan so'ng oyog'ini yuqori ko'tarmoqda. Oyoq esa "Qizilqum" o'yinchisining boldiridan yuqoriroq qismga tushmoqda, aniqrog'i boldir suyak sohasiga. Tishlar mavjudligi, tayanch oyoqning orqa qismiga kontakt. Yaqqol qizil kartochka.
❌ "Olimpik" - "Qizilqum"
SHunga o'xshash vaziyatlar RPLda bo'lgandi. Menimcha, bu "Qizilqum" foydasiga 11 metrli zarba. Kartochkasiz, sababi fol ehtiyotsizlik sabab sodir etildi. "Qizilqum" o'yinchisi zarba bergani va to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketgani "Olimpik" o'yinchisi tomonidan raqibining oyog'iga zarba berganini bekor qilmaydi. Menimcha, bunday holatda hakam epizodni o'z talqinida tushuntirgan va ushbu yakkakurashni ko'rgan bo'lsa, VAR bunday chegaraviy holatga aralashmasligi kerak.
❌ "Olimpik" - "Qizilqum"
Qiyin vaziyat. Menimcha, hakam "Olimpik" o'yinchisiga ortdan/yondan o'ylamasdan oyoq tashlanish orqali qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatishi kerak edi. Ha, bu bilan bir xil vaqtda "Qizilqum" o'yinchisi oyoq bilan tashlanish paytida tanasini va uning og'irlikda bo'lgan o'ng oyog'ini biroz burmoqda va to'liq tabiiy holatda erga intilmoqda va raqibning to'pig'iga tushmoqda. Ammo, u shu bilan birgalikda og'irlikni bu oyoqqa tashlamayapti, uning harakatlarida ehtiyotsizlik va yomon niyat yo'q. VAR bunday vaziyatga aralasha olmaydi, sababi bu sariq kartochka bilan bog'liq vaziyat. Hakam xatoga yo'l qo'ydi.
✅ "Turon" - "So'g'diyona"
Hakam "Turon" foydasiga 11 metrli zarba va to'pga o'ynashga urinish paytida yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum etgani uchun sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qildi. "So'g'diyona" darvozaboni to'pni yo'qotgan holda xatoga yo'l qo'ydi. SHundan so'ng to'pni "Turon" hujumchisi egalladi va gol urish uchun yaqqol imkoniyatga ega bo'ldi, ammo bu vaziyatda uning oyog'i to'p tomon sakragan darvozabonning tanasi ostida qolmoqda. Dastlab hujumchining oyog'i va darvozabon tanasi o'rtasida kontakt ro'y bermoqda, keyin darvozabon to'pga tegmoqda va uni egallamoqda. Bu fol, darvozabon hattoki ortdan bunday sakrashda ham o'z harakatlariga javobgardir.
✅ "Surxon" - "Navbahor"
Hakam "Navbahor" foydasiga penalti belgilamay to'g'ri qildi, VAR esa to'g'ri aralashmayapti. O'yindagi odatiy to'qnashuv, uning tashabbuskori "Navbahor" o'yinchisi: u to'pni chap oyog'i bilan oldinga tashlamoqda, bu vaqtda o'ng oyoq esa maysadan sudralib "Surxon" o'yinchisining oyog'iga tegmoqda va u chalishib ketmoqda. Natijada ikki o'yinchi erga quladi. Himoyachining harakatida hatto to'pga o'ynashga urinish ham yo'q, u parallel raqib bilan yugurmoqda. Qiyin vaziyatdagi to'g'ri qaror.
✅ "Surxon" - "Navbahor"
Menimcha, faqatgina o'zining yomon poziciyasi sabab bosh hakam ko'ra olmagan "Navbahor" himoyachisi tomonidan sodir etilgan yaqqol fol. U o'ngroqqa joylashib, jarima maydonchasiga kirishi kerak edi. Assistent bunday vaziyatlarda yordam berishi shart, sababi vaziyat ochiqcha ko'rinmoqda. VAR to'g'ri aralashmoqda, "Surxon" foydasiga penalti belgilanib to'g'ri qilindi.
✅ "Nasaf" - "Metallurg"
VAR vaziyatga to'g'ri aralashmoqda, sababi "Metallurg" o'yinchisining qo'li tanasiga yopishmagan, tirsak bilan bukilgan, aniqrog'i notabiiy holatda. Hakam VAR aralashuvidan so'ng "Nasaf" foydasiga 11 metrli zarba berib to'g'ri qildi.
✅ "Andijon" - OKMK
VAR vaziyatga aralashib to'g'ri qildi, sababi "Andijon" himoyachisining qo'li zarba berish vaqtida tanaga yopishmagan. To'p o'yinchi tomon uchib kelayotganda qo'lning intuitiv tarzda tanadan ajralishi yaqqol ko'ringan. Hakam VAR aralashuvidan so'ng 11 metrlik zarba berib to'g'ri qildi. Ammo, sariq kartochka bunday vaziyatlarda berilmaydi.
✅ "Andijon" - OKMK
Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. OKMK himoyachisining qo'li tanaga parallel, deyarli yopishgan va pastda turibdi. VAR to'g'ri aralashmayapti. Hakam uchun oddiy vaziyat.
? "Andijon" - OKMK
Hakam haqorat qilinganda (agar u rostdan ham bo'lgan bo'lsa) o'yin to'xtatilmaydi, bu voqea protokolga kiritiladi. Yoki o'yin delegati o'z hisobotida muxlislarning har bir haqorat faktini aks ettiradi, so'ngra klub jarimaga tortiladi. Ammo, tribunadan turli buyumlar kelganda, hakam o'yinni to'xtatish va stadiondagi vaziyat o'yinni davom ettirish uchun xavfsiz bo'lmagunga qadar jamoalarni tribuna ostiga olib ketish huquqiga ega.
✅ "Bunyodkor" - "Neftchi"
Jiddiy qoidabuzarlik uchun hakam tomonidan ko'rsatilgan to'g'ri qizil kartochka. "Neftchi" o'yinchisi to'pni egallashga urinish paytida oyog'ini yuqori ko'tarmoqda, oyoq oldinga qo'yilgan, tishlar bor, kontakt joyi – tizza. Agar VAR'da o'yin lavhalariga kirgan faqatgina bir tomondan rakurs bo'lsa, VAR bunday holatda vaziyatga aralashmasligi kerak. Hakam ajoyib, u o'z ko'zlariga ishondi va dastlabki qarorini kuchda qoldirda.
✅ "Bunyodkor" - "Neftchi"
Hakam "Bunyodkor" himoyachisiga istiqbolli hujumni buzgani uchun sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qildi. Dastlab qizil kartochka ko'rsatilishi oddiygina uslubiy xato, shunchaki cho'ntaklarini yoki kartochkalarni adashtirib yubordi va qizil kartochka ko'rsatishni rejalashtirmagandi. Buni tushuntirish oson, sababi u uch daqiqa oldin "Neftchi" o'yinchisini chetlatgan va katta ehtimol bilan inerciya sabab kartochkani qaysi cho'ntakka solganini adashtirib yuborgan.
✅ "Bunyodkor" - "Neftchi"
"Neftchi" himoyachisining to'p tana/qo'l qismiga tekkan payti qo'l tanaga yopishgan, tabiiy holatda va maydonga intilayotgandi. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi, VAR esa aralashmay.
✅ "Bunyodkor" - "Neftchi"
Hakam "Bunyodkor" o'yinchisiga istiqbolli hujumni buzgani uchun sariq kartochka berib juda to'g'ri qildi, bu esa o'yinchi uchun ikkinchisi bo'ldi. "Neftchi" o'yinchisi tezlikda, hudud, bo'sh zonadagi sherik va darvozaga yaqinlik bor edi. Ammo, hakamga yaqin kelish va uning tanasiga engil turtishni ham etibordan chetda qoldirmaslik kerak, bu o'yin protokoliga yozilishi kerak. Hakam ataylab qizil kartochka ko'rsatishga imkon bermagan "Bunyodkor"ning 22-raqamli o'yinchisiga sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun sariq kartochka ko'rsatib to'g'ri qildi. VAR bu vaziyatga aralasha olmaydi.
✅ "Bunyodkor" - "Neftchi"
Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi deb o'ylayman. "Bunyodkor" o'yinchisining qo'li to'pdan belga qarab harakatlanmoqda va uni yashirishga urinmoqda. O'yinchi to'pdan burilmoqda, shu sabab qo'lning bunday holati tananing ushbu harakati uchun tushunarli. Ammo, vaziyat "chegaraviy". SHuningdek kontakt joyi savoli bor: aniq ishonch yo'q, ammo katta ehtimol bilan qo'l va to'p o'rtasidagi kontakt joyi jarima maydonchasigacha bo'lgandek tuyulmoqda. VAR bunday vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi. Ammo, o'yin so'nggida kurash shiddati yuqori bo'lgan paytda (bundan tashqari durang hisobda) hakamni o'z muhim qarorini tasdiqlash uchun monitorga chaqirish bo'yicha tavsiya bor.
✅ "Buxoro" - "Paxtakor"
Jiddiy o'yin (tirsak) uchun ochiqchasiga sariq kartochka. "Paxtakor" o'yinchisi qo'lini ishlatmoqda va raqib o'tib ketmasligi uchun yuz qismiga ataylab qo'ymoqda. O'yinchi dastlab yomon pas bergani sabab bunday harakat bilan raqibning harakatini bloklamoqda va qoidani buzmoqda. Qasddan zarba berish esa yo'q, shu sabab chetlatish haqida gap-so'z bo'lishi mumkinmas. VAR vaziyatga to'g'ri aralashmayapti, hakamlar vaziyatda aqlli harakat qilishdi.
✅ "Buxoro" - "Paxtakor"
Menimcha, hakam VAR'ning to'g'ri aralashuvidan so'ng golni bekor qilib to'g'ri qildi. "Paxtakor" o'yinchisi qo'lini ishlatmoqda va ataylab raqibni qo'llari bilan itarmoqda. Qayd etish kerak, avvaliga ikkalasi ham bir-birini ushlamoqda va buni kechirish mumkin, ammo hujumdagi o'yinchi to'p kelayotgan payti ikki qo'lini raqibiga noto'g'ri ishlatgan holda kurashni yutmoqda. Vaziyat ochiq, bosh hakam o'zi ham qaror chiqarishi mumkin edi.
❌ "Buxoro" - "Paxtakor"
Agar o'yin vaqti bahs lavhalaridan o'rin olgan takroriy vaziyatlar bo'lgan bo'lsa, VAR bunday holatda hakamlarning ishiga xato aralashgan, sababi unda "Buxoro" o'yinchisining qo'l bilan yaqqol o'ynagani bo'yicha hech qanday isbot yo'q. Hatto qo'shimcha videoda ham rakurs unchalik ham o'zgarmagan – o'yinchilar ortidan olingan lavha vaziyatni to'liq ochmaydi.
Ammo, agar to'p o'ng qo'lga tekkan taqdirda ham (bunga ishoralar va ehtimol yuqori), mening fikrimcha buni qoida buzilishi sifatida hisoblash mumkin emas. To'p "Buxoro" himoyachisi uchun "kutilmagan" edi – uning oldindan to'pga intilayotgan sherigi ham sakramoqda. Qo'l tanaga intilmoqda, qo'l unchalik ham yonga tashlanmagan. To'pning ehtimoliy qo'lga tegish vaziyatida qo'llarning bunday holati o'yinchining harakati bilan izohlanadi (u yuqoriga sakramoqda va maysaga qo'nmoqda). Bundan tashqari, bu o'yin yakuni, hisob 0:0 va bunday vaziyatda penalti belgilash uchun qandaydir yaqqol narsa bo'lishi kerak. Eng optimal qaror – o'yinni davom ettirish va VAR'ning aralashmasligi. Hakamlar xatoga yo'l qo'yishdi.
✅ "Navbahor" - "Nasaf"
Hujumda qo'l bilan o'ynash (hujumda fol). To'p dastlab to'p harakatidan yaqqol oldinlab ketgan va inerciya sabab qo'lini ortga qo'ygan "Navbahor" hujumchisining qo'liga tegmoqda. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi.
SHunday qilib Superliga hakamlari 20 vaziyatda uchta xato qilishdi.
Fikrlar