So’nggi yangiliklar

05:31Александр Хомяков: "ВАР билан боғлиқ ҳолат, вақт чўзилиши бизнинг зараримизга ишлагандек бўлди"  0 04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  1 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  7 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  17 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  12 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  747 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3

Superliga. CHeran "Paxtakor"ga Buxoroda g'alaba keltirdi, hakam 90+5-daqiqada mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi Yangiliklar

Superliga. CHeran "Paxtakor"ga Buxoroda g'alaba keltirdi, hakam 90+5-daqiqada mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

29 oktyabr, yakshanba

BUXORO – PAXTAKOR - 0:1  

Buxoro. "Buxoro" sport majmuasi. 17:00

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, SHohnur Yo'ldoshev, Sardor Hakimov, Jahongir Noraliev 

VAR hakami: Nayim Qosimov

AVAR: Jasur Rustamov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: Dragan CHeran 90+6, - 0:1. 

Golga aylanmagan penalti: Dragan CHeran 90+6 (darvozabon).

"Buxoro": 50.Luka Kukich, 2.Izzatillo Po'latov (4.Mirjalol Jumaev, 87), 5.Dilshod Jo'raev (s), 7.Muhammadjon Rahimov (70.Aleksandr Stanisavlevich, 67), 8.Asliddin Tursunpo'latov (9.Jasur Xolto'raev, 56), 15.Diyorbek Ortiqboev, 77.Asilbek Qayumov (11.SHohruz Noroxonov, 46), 80.Farruhjon Ibrohimov, 88.Vsevolod Nixaev (6.Behzod Kamolov, 67), 91.Asiljon Begimqulov, 94.Frane Ikich.

Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 10.Xumoyunmirzo Iminov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 25.Abbos Otaxonov, .

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 3.Hojiakbar Alijonov, 88.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (10.Dragan CHeran, 64), 28.Diyor Xolmatov, 8.Azizbek Turg'unboev, 20.Hojimat Erkinov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov (19.Pshemislav Banashak, 46).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Doston Tursunov, 6.Muhammadali O'rinboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 30.Metyu Stinvorden, 40.Kimi Merk, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Muhammadjon Rahimov 3, Diyorbek Ortiqboev 28, Farruh Sayfiev 40, Dilshod Jo'raev 76, Azizbek Turg'unboev 76, Luka Kukich 84,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+11. O'YIN TUGADI. "Buxoro" - "Paxtakor" 0:1

90+9. Azmiddinov maydonga o'tirib oldi, CHeran unga o'rnidan turishini aytdi

90+6. GOL! DRAGAN CHERAN! Penaltidan yo'llangan zarbani Kukich qaytardi, qaytgan to'pni CHeranning o'zi darvozaga yo'lladi - 0:1

90+5. PENALTI! Bosh hakam VAR ni tomosha qilib "Buxoro" darvozasi tomon penalti belgiladi, to'p Bekzod Kamolovning qo'liga tekkan deb topildi 

90+1. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda, to'p jarima maydoni ichida "Buxoro" futbolchisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. 

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

89. Zarba! Havolatib uzatilgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, Kukich to'pni qaytardi

89. UXX! Erkinovning to'p uzatishidan keyin Xolmatov zarba berdi, noaniq

87. O'zgarish. "Buxoro". Po'latov o'rniga Jumaev tushdi

86. Xavfli vaziyat! "Buxoro"ning hujumi, Xolto'raevning faolligidan keyin Kamolov deyarli birga bir vaziyatda qoldi, ammo Bekzod zarba bera olmadi! 

84. Ogohlantirish. "Buxoro". Luka Kukich

84. Zarba! "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Erkinov darvozaga yo'lladi, noaniq

82. ZARBAAAA! Stanisavlevich burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Pavlyuchenko qiyinchilik bilan to'pni qaytardi! 

81. UXX! Stanisavlevichning jarimadan uzatgan to'pi xavfli chiqdi, himoyaga etib kelgan CHeran boshi bilan to'pni maydondan chiqarib yubordi, mezbonlarda endi burchak to'pi

77. ZARBA! "Paxtakor"ning hujumi, Alijonovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

76. Ogohlantirishlar. Dilshod Jo'raev va Azizbek Turg'unboev

74. ZARBA! "Buxoro"ning tezkor qarshi hujumi, Stanisavlevichning kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

69. Bosh hakam VAR yordamida golni bekor qildi, sababi CHeran goldan avval himoyachiga nisbatan qo'pol o'ynagan ekan, hisob 0:0

68. GOL! Dragan CHeran! Alijonov uzatgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi - 0:1. 

67. O'zgarishlar. "Buxoro". Rahimov va Nixaev o'rniga Kamolov va Stanisavlevich tushdi

65. Xavfli vaziyat! "Buxoro"ning hujumi, Xolto'raevning zarbasidan keyin Pavlyuchenko to'pni ushlab oldi

64. O'zgarish. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Dragan CHeran tushdi

63. Zarba! "Paxtakor"ning hujumi, Alijonovning chap oyoqda bergan zarbasi ancha noaniq ketdi

60. Zarba! Zaxiradan tushgan Xolto'raev darvozaga aniq va kuchli zarba berdi, Pavlyuchenko to'pni qaytardi. Kamiga o'yindan tashqari holat bor ekan

56. O'zgarish. "Buxoro". Tursunpo'latovning o'rniga Xolto'raev tushdi

53. ZARBA! Hojiakbar Alijonovning zarbasi noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Buxoro". Asilbek Qayumov o'rniga SHohruz Norxonov tushdi

46. O'zgarish. "Paxtakor". Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga Pshemislav Banashak tushdi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+3. ZARBA! "Buxoro"ning hujumi, Frane Ikichning zarbasi noaniq ketdi!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

43. Zarba! Turg'unboevning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

42. UXX! O'ng qanotdan Alijonov chap oyoqda to'pni havolatib uzatdi, Sayfiev to'pni darvozaga yo'llashga urindi, zarba o'xshamadi

40. Ogohlantirish. "Paxtakor". Farruh Sayfiev

35. Endi Azmiddinovga shifokorlar yordam berishmoqda

34. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Erkinov 2 metrdan darvozaga noaniq yo'lladi!

31. "Buxoro" darvozaboni Luka Kukichga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda

30. Bugun "Buxoro" safida hujumchi Mahmud Jo'raboev diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. U o'tgan turda qizil kartochka olgandi

28. Ogohlantirish. "Buxoro". Diyorbek Ortiqboev

22. ZARBA! Hojimat Erkinov raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib, o'tkir burchakdan aniq va kuchli zarba berdi, Luka Kukich to'pni qaytardi va keyin ushlab ham oldi. 

19. Izzatilla Po'latovga shifokorlar yordam berishmoqda

17. Bugun "Paxtakor"ni Azizbek Turg'unboev sardor sifatida maydonga olib tushgan.

10. Zarba! "Buxoro"da jarima to'pi, oldindan o'ylangan kombinaciyadan keyin Qayumov zarba berdi, noaniq!

8. UXX! Burchakdan Turg'unboev uzatgan to'pni Azmiddinov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

3. Ogohlantirish. "Buxoro". Muhammadjon Rahimov

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика