So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Buxoro": Jizzaxga borishni xohlovchi muxlislar diqqatiga Yangiliklar

"Buxoro": Jizzaxga borishni xohlovchi muxlislar diqqatiga

Yana bir necha kunlardan so'ng milliy chempionatimizning 30-tur uchrashuvlariga start beriladi.

30-tur doirasida “Buxoro” jamoasi ushbu mavsumdagi o'zining eng muhim uchrashuvini o'tkazadi. Oliy ligada jan saqlab qolish uchun asosan “So'g'diyona” va “Buxoro” jamoasi kurash olib bormoqda. Taqdirni qarang-ki, ushbu ikki raqib so'nggi turda o'zaro bellashadi. Jizzaxda bo'ladigan uchrashuvda maydon egalarini durang natija qoniqtirsa, buxoroliklarni faqat va faqat g'alabagina oliy ligada saqlab qoladi.

Bu uchrashuv mamlakatimizning har bir futbol ishqibozining diqqat markazida turishi aniq. Viloyatlardan juda ko'plab futbol ishqibozlari Jizzax shahriga tashrif buyurib, “Yil o'yini” deya tarif etilayotgan uchrashuvni bevosita stadiondan turib tomosha qilish niyatida ekanliklari hozirdan ayon bo'lib bormoqda.

“Buxoro” jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Buxoro shahridan ham juda ko'plab muxlislar Jizzaxga yo'l olishlari kutilmoqda.

Malum guruh muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida “Buxoro” PFK o'z ashaddiy muxlislariga “So'g'diyona”-“Buxoro” uchrashuvida o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashlari uchun  5 dona avtobus  ajratdi. Ishqibozlarning Jizzax shahriga borib kelishlari mutlaqo BEPUL!

Eslatib o'tamiz “So'g'diyona”-“Buxoro” uchrashuvi 20 noyabr, soat 14:00 da boshlanadi.

Jizzaxga borishni xoxlovchi muxlislar quyidagi telefon raqamlarga murojaat qilishlari so'raladi:

Fan-klub raisi- Asadov Orif

+998 91 923-11-14

+998 90 299-65-56


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика