"Buxoro": Ikki nafar futbolchi klubni tark etdi
27 jan 2016 17:06
Yangiliklar
"Buxoro": Ikki nafar futbolchi klubni tark etdi
Poytaxtda uchinchi bosqich yig'inlarini davom ettirayotgan “Buxoro” jamoasi ushbu bosqich doirasida ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishga ulgurdi.
Ushbu bosqichda murabbiylar turli texnik-taktik uslublarni nazorat uchrashuvlari orqali amalda sinovdan o'tkazib olishmoqda. SHu bilan birga futbolchilarning funkcional tayyorgarligiga katta urg'u berilmoqda.
Kuni kecha “Buxoro”ni ikki nafar futbolchi tark etdi. Otabek Narzullaev va Maruf Murodovning klub bilan ikkala tomon kelishuvi asosida hamkorligi to'xtatib qo'yildi.
“Buxoro” PFK hamada barcha buxorolik muxlislar nomidan ikkala futbolchiga qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilamiz. Kelgusi faoliyatlarida doimo omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar