"Buxoro" ertaga Toshkent yig'inini yakunlaydi
23 iyu 2014 17:46
Yangiliklar
"Buxoro" ertaga Toshkent yig'inini yakunlaydi
Edgar Gess jamoasi ertaga "Olmaliq" bilan sinov-nazorat o'yinida kuch sinashadi.
SHundan so'ng poytaxtdagi yig'in yakuniga etadi. Keyin jamoa o'z qarorgohiga yo'l oladi. Ikkinchi davra bahslariga qadar o'z bazasida tayyorgarlik ko'rish rejalashtirilgan.
Xabaringiz bo'lsa kerak, "Buxoro" poytaxtdagi yig'ini chog'ida "Paxtakor", "Qizilqum" hamda "Metallurg" kabi jamoalarga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Mana shu o'tkazilgan bahslar orqali murabbiylar shtabi ko'rikdan bo'lgan futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi. Malum bo'lishicha, Sanjar Asqaraliev, Otabek Isroilov, Ruslan Boqiev, Anvar Rajabov, Otabek Narzullaev (suratda) rasman "Buxoro" azosiga aylandi. SHuningdek Moldaviyadan kelgan Dmitriy Popovich ham ikkinchi davrani buxoroliklar tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.
Jamoani tark etganlar xususida esa shuni aytish mumkinki, Georgi Kvesiashvili, Feruz Boboqulov, Andrey Akopyanc, Aziz G'ulomxo'jaev hamda Elyor Akbarov singari futbolchilar mavsumning ikkinchi yarmida o'zga klubda o'ynaydigan bo'ldi.

Fikrlar