So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  3 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  18 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  12 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Busketsga o'rinbosar topildi-mi? Kessie "Barselona"ga qanday yordam bera oladi? Yangiliklar

Busketsga o'rinbosar topildi-mi? Kessie "Barselona"ga qanday yordam bera oladi?

Xabaringiz bor, "Barsa" yarim himoyachi Frank Kessie bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

25 yoshli ivuarlik futbolchi va klub o'rtasidagi bitim muddati 2026 yil yozigacha amal qiladi. Kessiening maoshi bonuslar bilan birga 7 mln evroni tashkil qilmoqda. O'yinchi ushbu transfer uchun bonus olmaydi, sababi "ko'kanorranglilar" buning o'rniga unga yuqori maosh taklif qilishdi. Kessie katalonlar uchun tibbiy ko'rikdan o'tib ulgurdi. Frank va "Milan" o'rtasidagi shartnoma shu yilning yozida nihoyasiga etadi. SHu sababli, u "Barsa"ga erkin agent sifatida yo'l oladi.


Yuksalish

Kessie — Abidjan shahrining "Stella d’Adjame" klubi (Kot-d'Ivuar) tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. (Kot-d'Ivuar). Frank bu jamoada 2010-2015 yillarda to'p tepgan. Italiyalik skautlar etiboriga tushgan xavbek "Atalanta"ga kelgan. Biroq klub o'yinchini V Seriyadagi "CHezena"ga ijaraga berib yuboradi. Kessie 2016/17 yilgi mavsumni bergamoliklar safida o'tkazdi va 4-o'rinni egalladi.



2017 yil yozida ikki yillik ijara huquqi asosida "Milan"ga o'tdi va keyinroq klub uning transferini to'liq sotib oldi.

Futbolchi U17 safida atigi 5 marta maydonga tushdi va tezda Kot-d’Ivuar birinchi jamoasiga chaqiruv oldi. Kessie 2014 yil kuzida mamlakat terma jamoasi safida 17 yoshida Serra-Leonega qarshi bahsda debyut qildi. Frank bugungi kunda ham "fillar"ning muhim o'yinchisi sanaladi.


Tanaffuslar

"Barselona" Kessieni safiga qo'shib olish niyati borligi haqidagi xabarlar chiqishidan oldin, boshqa qator top-klublar ham futbolchiga qiziqish bildirgan. O'yinchi "Milan" bilan bitimni uzaytirish istagi yo'qligiga oid yangiliklar o'tgan yil yozda chop etila boshlagan. Mish-mishlarga qaraganda, ivuarlik klubdan 9-10 mln maosh berishlarini so'ragan va shu yo'l orqali "rossoneri" bilan bitimni uzaytirish niyati yo'qligini bildirmoqchi bo'lgan. "Milan" esa bu shartga ko'nmasligi aniq edi. Frank o'shandan buyon "rossoneri" muxlislarining doimiy noroziliklariga duch keldi, ayniqsa, ular klub chempion bo'lishiga bir necha qadam qolganda muhim o'yinchilardan biri jamoadan ketishiga etiroz bildirishmoqda. Bu esa albatta, xavbekning o'yiniga ham o'z tasirini o'tkazdi. Italiya OAVning dekabr oyidagi xabarlariga ko'ra, Stefano Pioli qoniqarsiz o'yini uchun futbolchini zaxirada qoldirishga qaror qilgan, biroq murabbiyning o'zi futbolchiga dam berish istagida ekanini aytgan.



Fevral oyida "Football Espana" nashri Kessie o'tgan yil "Barselona"ga o'tish niyati bor edi degan xabar chopdi. Klub skautlari Ronald Kuman etiborini Frankga qaratishga harakat qilishgan, ammo niderlandiyalik mutaxassis o'yinchining sifatlaridan unchalik qoniqmagan. Kumanning fikricha, u "blaugrana" uchun etarli darajada kuchli texnikaga ega emas.

Xavi esa Kessie haqida mutlaqo boshqa fikrda. Ispaniyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, Frank yoshi va uslubi tufayli zamonaviy futbol dinamikasiga mos kelmay qolayotgan Serxio Busketsga muqobil o'rinbosar bo'ladi oladi. Insayderlar mart oyida Xavi Katalon klubiga o'tishiga oydinlik kiritib olish maqsadida Kessiega qo'ng'iroq qildi deb xabar berishgan edi. Frank esa bu transfer, klub va shahar unga maqul kelganini yashirmagan. Fabricio Romano xabariga ko'ra, transfer amalga oshishida aynan Xavi muhim rol o'ynagan — Kessie kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolash uchun APLning bir nechta klublari yuqori maosh bilan bergan taklifini rad etgan va "Barsa" murabbiyi tomonidan taklif borligini takidlagan.


Uslubi va ustun jihatlari

Frank joriy mavsum barcha musobaqalarning 30 uchrashuvda maydonga tushdi va 6ta gol urib, 1ta assist qayd etdi. Kessie — chayir va jimonan baquvvat bo'lib (hujumda ham, himoyada ham foyda keltira oladi), mudofaa chizig'ida yaxshi harakatlana oladi. "Prezident"ning, klubdagilar uning havodagi kurashlardagi harakatlari, ajoyib uzatmalari, mehnatkashligi va to'pni olib qo'yishdagi faolligini kuchli jihatlari deb bilishadi.



Kessie joriy mavsum juda ko'p tanqidlarga duch keldi. Muxlislarning fikricha, Frankning omadi chopmadi, ko'pincha gol bo'lishi mumkin bo'lgan pallalarda xatoga yo'l qo'ydi, jamoaning yakuniy natijasiga katta tasir ko'rsatgan holda (ayniqsa, CHempionlar Ligasi va A Seriyaning muhim bahslarida), o'yindan chetlashtirildi. Frank esa mavsum startidayoq vaziyatni anglagan va boshqa klub futbolkasida ekanini hayol qilgancha, maydonga tushgan hamda agenti bilan bitim shartlari oshirilishini rahbariyatdan talab qilgan. "Rossoneri" sobiq forvardi Antonio Kassano o'tgan oy Frankning muvaffaqiyatsizligi borasida shunday degan edi:

Afrika Kubogidan qaytgach, u o'ziga o'xshamas va hayoli bir joyda emasdi. Aftidan, u kelasi mavsum nima qilmoqchiligi borasida bir qarorga kelib bo'lgan...

Biroq ishityoq bilan muammosi yo'q paytdagi ivuarlik transfer bozorining asosiy figuralaridan biriga, o'z poziciyasida "top"lardan biri bo'ldi.

"Barselona"da yoshi o'tib borayotgan Busketsning o'rniga asta-sekinlik bilan Kessie xizmatidan foydalanishadi. Gavi, Niko Gonsalese, Pedri, Puch va de Yong bor ekan, markaziy chiziq yanada kuchayadi. Xavi Kessie uchun qanday rol tanlaydi, bu hali aniqmas. CHunki yangi Buskets roli uchun Frank hozirgi holatida unchalik mos kelmaydi.



Arturo Vidal, Seydu Keyta yoki Paulino davrida "Barsa"da vaziyat boshqacharoq edi. Nima bo'lganda ham, doimiy rotaciya va dastlabki tajribalardan qochishning iloji yo'q. Xavi qo'l ostida Kessiening yakuniy ampulasi kelasi mavsum o'rtalarida aniq bo'lishi mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика