Buskets: “Ramos dunyoning eng kuchli himoyachisi edi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi”
08 sen 2019 07:57
Yangiliklar
Buskets: “Ramos dunyoning eng kuchli himoyachisi edi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi”
“Uchrashuvda biz nazoratni yo'qotgandek tuyuldi. Ammo hammasi unday bo'lmadi. Biz qo'limizdan kelganicha vaziyatni o'z nazoratimida ushlab turdik. Qizil kartochka vaziyatni o'zgartirib yubordi, ammo o'ylashimcha, Kepa bir vaziyatda bizni muqarrar goldan qutqarganini aytmasak, darvozamiz oldida u qadar katta xavf yuzaga kelgani yo'q.
Serxio Ramos esa shunchaki ajoyib futbolchi. Termada ham, klubida ham. U dunyoning eng kuchli himoyachisi edi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Biz u bilan birga o'ynayotganimizdan faxrlanamiz”, deya Busketsning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 saralash bahslari doirasida Ispaniya termasi safarda Ruminiyani 2:1 hisobida taslim etdi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Serxio Ramos 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Bu bilan Ramos terma jamoa safidagi gollari sonini 21 taga etkazdi va Ispaniya terma jamoasi to'purarlari ruyxatining kuchli o'nligiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar