So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  6 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  23 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  36 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  104 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1028 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Burkina Faso qanday jamoa? Yangiliklar

Burkina Faso qanday jamoa?

Bugun milliy terma jamoamiz “Paxtakor” stadionida Burkina Faso terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Afrika vakillari bilan shu paytgacha atigi bir marta to'qnash kelganmiz. Afro-Osiyo Kubogida Nigeriya bilan o'tkazgan uchrashuvlarni ko'pchilik unutmagan bo'lsa kerak. Endi esa Burkina Fasoga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga egamiz. Bu mamlakat va uning futboli haqidagi malumotlar o'quvchilarimizni befarq qoldirmaydi.
G'arbiy Afrikada joylashgan Burkina Faso birato'la 6 mamlakat bilan chegaradosh. Mali, Niger, Benin, Togo, Gana va Kotd Ivuar kabi davlatlar bilan Burkina Faso bevosita chegaralarga ega. 1984 yilgacha ushbu davlat Yupper Volta deb atalgan. Hududi yurtimizdan bir yarim baravarcha kichikroq mamlakatda 19 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Mamlakat futbol associaciyasi 1960 yil tashkil etilgan. 1961 yildan milliy chempionat bahslari o'tkazib kelinadi. Yuqori ligada 16, ikkinchi ligada 20 va uchinchi ligada 64 jamoa ishtirok etadi. Yana kubok bahslari ham tashkil qilinadi. So'nggi chempionat 23 iyul sanasida yakunlandi. “RSK” jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Uagadugu” ikkinchi pog'onani egalladi. Uchinchi o'rin “Bobo-Diulasso” klubi tomonidan band etildi. 16 jamoa ikki davrada 30 uchrashuvda maydonga tushdi.


BURKINA FASO FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan yili:
1960
FIFA va AFK azosi: 1964 yildan
Prezidenti: Sita Sangare
Rasmiy sayti: www.fasofoot.org

Burkina-Faso birinchi rasmiy o'yinni 1960 yil Gabonga qarshi o'tkazib 5:4 hisobida zafar quchgan. SHu kunga qadar Jahon chempionatlari final bosqichida ishtirok etmagan. Afrika millatlar kubogida 9 bor qatnashgan. Eng yaxshi natijasini 2013 yilda qayd etgan. JARda bo'lgan musobaqada terma jamoa finalga qadar etib borib Nigeriyaga yutqazib qo'ygandi - 0:1.

Ayni paytda Burkina-Faso terma jamoasi FIFA reytingida 73-pog'onada bormoqda. Eng yuqori o'rni 2010 yil oktyabr oyida qayd etilgan - 37. Eng past o'rin esa 1993 yil dekabrida kuzatilgan - 127.

BURKINA FASO TERMA JAMOASI
Laqabi:
“Les Etalons” (“Uchqur otlar”)
Bosh murabbiyi: Paulo Duarte (Portugaliya)
Sardori: SHarl Kabore
Eng ko'p o'ynagan futbolchisi: Jonatan Pitroypa (68 uchrashuv)
To'purari: Mumuni Dagano (31 gol)
FIFA reytingidagi o'rni: 73
Eng yuqori o'rni: 37 (2010 yil oktyabr, 2011 yil iyun)
Eng quyi o'rni: 127 (1993 yil dekabr)
Eng yirik g'alabasi: Svaziland – 5:1 (2015 yil 10 yanvar, Nelspruit, JAR)
Yirik mag'lubiyati: Jazoir – 0:7 (1981 yil 30 avgust, Jazoir)

Terma jamoa sardori Odil Ahmedovning jamoadoshi sanalgan SHarl Kabore sanaladi. Yana Bakari Kone ("Lion"), Stiv Yago ("Tuluza"), SHarl Kabore ("Krasnodar"), Abdu Razoq Traore ("Konyaspor"), Jonatan Pitroypa ("Al Nasr"), Alain Traore ("Loryan"), Bertrand Traore ("Ayaks”), Jonatan Zongo ("Almeriya") kabi futbolchilar eng mashhur o'yinchilar hisoblanadi.

Ayni paytda Burkina-Faso terma jamoasi 2017 yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashida ishtirok etmoqda. Jamoa o'z guruhida 10 ochko to'plagan holda Uganda bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Burkina-Faso guruhdagi so'nggi o'yinni 3 sentyabr kuni o'z uyida Botsvanaga qarshi o'tkazadi.


BURKINA FASO MAMLAKATI
Poytaxti:
Uagadugu
Rasmiy tili: francuz
Hududi: 274200 kv.km.
Aholisi: 18,7 milliondan ortiq
Pul birligi: G'arbiy Afrika franki

2015 yildan buyon terma jamoani portugaliyalik Paulo Duarte boshqarib kelmoqda. Ushbu murabbiy 2008-2012 yillarda ham ushbu jamoada ishlagandi. 1969 yilda tug'ilgan ushbu murabbiy futbolchilik faoliyatini asosan Portugaliya klublarida o'tkazgan. Murabbiylik faoliyatida “Leyriya” (Portugaliya), “Le Man” (Franciya) klublari va Gabon terma jamoasini ham boshqargan.

Paulo DUARTE
Tug'ilgan sanasi:
06.04.1969
Tug'ilgan joyi: Massarelos, Portugaliya
O'yinchilikdagi ampluasi: markaziy himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1987–1988 “Koimbra”, 1988–1991 “Leyriya”, 1991–1993 “Salgeyros”, 1993–1995 “Maritimu”, 1995–2004 “Leyriya”.
Boshqargan jamoalari: 2004–2007 “Leyriya”, 2008–2012 Burkina Faso, 2009 “Le Man”, 2012–2013 Gabon, 2015 “SHfaksien”, 2015 yildan Burkina Fasoda.


Burkina Fasoning 2016 yilgi o'yinlari
27 fevral
Misr – Burkina Faso – 2:0

26 mart
Burkina Faso – Uganda – 1:0

29 mart
Uganda – Burkina Faso – 0:0

5 iyun
Komoros – Burkina Faso – 0:1


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика