"Bunyodkor"ning raqibi mag'lubiyatga uchradi, Azizbek Haydarov to'liq o'ynadi
07 jan 2016 23:55
Yangiliklar


"Bunyodkor"ning raqibi mag'lubiyatga uchradi, Azizbek Haydarov to'liq o'ynadi
Bungacha
“Fujayra” va “Al-Vasl” bilan durang qayd etib, “Al-Dafra”ga imkoniyatni
boy bergan dubayliklar BAA chempionatining 14-turida “Al-SHarja”dan mag'lub
bo'lishdi – 1:2.
Uchrashuvdagi hisobni 58-daqiqada “Al-SHabab”ning
chililik legioneri Karles Vilyanueva ochdi. Lekin 71-daqiqada Rashid Nosir
o'rtadagi muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi
daqiqada Vanderley “Al-SHabab” darvozasini ishg'ol qilib, “Al-SHarja”ga
irodali g'alaba keltirdi.
14 uchrashuvda 20 ochko jamg'argan Kaio Junior boshchiligidagi “Al-SHabab” musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
BAA chempionati, 14-tur
7 yanvar, payshanba
“AL-SHARJA” – “AL-SHABAB” 2:1
Gollar: Vilyanueva 58 (0:1), Rashid Nosir 71 (1:1), Vanderley 90+2 (2:1)
“Al-SHabab” tarkibi: 18.Salim Abdulla, 3.Muhammad Ali, 4.Muhammad Marzuq, 7.Azizbek Haydarov, 9.Jo (30.Muhammad Juma 87), 10.Karles Vilyanueva, 11.Enrike Luvannor, 15.Davud Ali (77.Rashid Hasan 72), 25.Mahmud Qosim, 26.Hasan Ibrohim, 70.Ahmad Sulaymon (29.Abdulrahim Husayn 46)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar