“Bunyodkor”ning Minskdagi mashg'ulotlari boshlandi, Farruh Ikromov mashg'ulotlarga qaytdi
13 iyu 2022 23:34
Yangiliklar
“Bunyodkor”ning Minskdagi mashg'ulotlari boshlandi, Farruh Ikromov mashg'ulotlarga qaytdi
Bugun erta tongda Belarus poytaxti Minsk shahriga etib kelgan “Bunyodkor” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Viktor Karpenko murabbiyligidagi jamoa tushdan so'ng Minsk shahridagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Belarus futbol federaciyasiga qarashli maydonda o'tkazilgan mashg'ulotda futbolchilarga og'ir yuklamalar berilmadi. O'yinchilar asosan to'p bilan shug'ullanishdi.
Jamoa muxlislarini xursand qiladigan yangilik shuki, jiddiy jarohat sabab deyarli bir yilni maydondan tashqarida o'tkazayotgan Farrux Ikromov bugun umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi, ammo engil jarohati bor Suhrob Izzatov yakka tartibda yugurish bilan cheklandi.
Fikrlar