So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Bunyodkor"ning bugungi raqibi haqida nimalar bilamiz? Yangiliklar

"Bunyodkor"ning bugungi raqibi haqida nimalar bilamiz?

Qaldirg'ochlar 1-turni Saudiya Arabistonining boshqa bir jamoasi Jiddaning Al Ahli klubiga qarshi o'tkazishadi.

Ushbu jamoa tarkibida mahoratli futbolchilar soni ko'pchilikni tashkil qiladi. SHu sababli uchrashuv vakillarimiz uchun oson kechmasligini taxmin qila olamiz.

AL AHLI FUTBOL KLUBI
Laqabi:
qirol klubi
Tashkil topgan vaqti: 1937 yil
Stadioni: Qirol Abdulloh sports siti, 62 ming muxlisga mo'ljallangan
Rahbari: Ahmad Marzuqi
Bosh murabbiyi: Kristian Gross (SHveycariya)
Sovrinlari: Saudiya chempioni (1978, 1984, 2016), Valiahd SHahzoda Kubogi sohibi (1957, 1970, 1998, 2002, 2007, 2015), Qirol Kubogi g'olibi (1962, 1965, 1969, 1970, 1971, 1972, 1977, 1978, 1979, 1983, 2011, 2012, 2016), Federaciya Kubogi g'olibi (2001, 2002, 2007, 2012, 2013), Saudiya Superkubogi sohibi (2016).


Al Ahli Saudiyadagi dastlabki va katta tarixga ega jamoalardan biri hisoblanadi. 1984 yildan buyon ichki chempionatda g'alaba qozona olmayotgan bo'lishiga qaramay, mamlakatning etakchi klublaridan biri bo'lib turibdi. Hozirda Ahli turnir jadvalida 2-o'rinni egallab, peshqadam Al Hiloldan ortda qolmoqda.
2012 yil jamoa OCHLda finalgacha etib borgan va hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Keyinchalik esa negadir jiddaliklar etiborlarini asosan ichki musobaqalarga qaratishni lozim topishdi. Bu samara berib, ular qator sovrinlarga ega chiqishdi. Endi CHempionlar ligasida yurish navbati ham etib kelgan.

Jidda shahrida yangi qurilgan Qirol Abdulloh sports siti stadioni ishga tushirilgach, Ahlining uy o'yinlarini stadiondan kuzatib boradigan muxlislar soni keskin ortdi. Ayni paytda o'rtacha 24344 nafar muxlis har bir uy bellashuviga tashrif buyurmoqda.

Bosh murabbiy lavozimida shveycariyalik Kristian Gross ishlab kelmoqda. U Bazeldagi uzoq muddatli faoliyati bilan ko'pchilikka yaxshi tanish. Jamoa bilan birga ECHLda esda qolarli g'alabalarni nishonlagan. Gross boshchiligida Bazel katta o'sishga erishdi. U Al Ahlida 2014 yildan beri ishlab kelyapti. Orada uch oycha jamoani portugaliyalik mutaxassis boshqardi, ammo keyinroq klub rahbariyati Grossni qaytarishni lozim topdi.

Kristian GROSS
Tug'ilgan sanasi:
14.08.1954
Tug'ilgan joyi: Cyurix, SHveycariya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan jamoalari: 19731975 Grasxoppers, 1975-1978 Lozanna, 1978-1980 Ksamaks, 1980-1982 Boxum, 1982-1985 Sankt Gallen, 1985-1988 Lugano.
Boshqargan jamoalari: 1988-1993 Vil, 1993-1997 Grasxoppers, 1997-1998 Tottenxem, 1999-2009 Bazel, 2009-2010 SHtutgart, 2011-2012 Yang Boyz, 2014 yildan Al Ahlida.
Sovrinlari: SHveycariya Kubogi g'olibi (2001-02, 2002-03, 2006-07, 2007-08), SHveycariya chempioni (2001-02, 2003-04, 2004-05, 2007-08), Saudiya Valiahd SHahzoda Kubogi g'olibi (2015), Saudiya chempioni (2016), Qirol Kubogi sohibi (2016).


Jamoa etakchilari sifatida Taysir Jassim, Jiannis Fetcatcidis, Muhammad Abdulshafi va Umar Somani keltirish mumkin. Suriyalik hujumchi Soma Ahli uchun barcha musobaqalarda 85 o'yinda 91 golga mualliflik qilgan. O'zi o'ynagan klublar chempionat bahslarida o'rtacha bir uchrashuvda bittadan ko'p to'p kiritgan. Fetcatcidis esa Olimpiakos va Jenoa singari klublarda to'p tepgan. Misrlik himoyachi Muhammad Abdulshafi yaqinda bo'lib o'tgan Afrika Millatlar Kubogida terma jamoasi bilan finalga etib bordi.

Darvozabonlar
1. Yosir Mosaylim
22. Ahmad Harbi
66. Basim Albaqi

Himoyachilar
2. Ali Zubaydi
4. Volid Bahshin
6. Muhammad Fatil
13. Muhammad Abdulshafi (Misr)
21. Oqil Sahabi
23. Said Muvallad
25. Motaz Havsavi
26. Muhammad Harbi
30. Said Alyami
31. Mansur Harbi
77. Amir Kurdi

Yarim himoyachilar
5. Fahad Hamad
8. Taysir Jassim
10. Jiannis Fetfatcidis (Greciya)
11. Hussayn Moqahvi
55. Saad Abdulamir (Iroq)

Hujumchilar
7. Salman Muvashar
9. Umar Soma (Suriya)
14. Muhannad Raziya
24. Muhammad Avaji
45. Abdulfattoh Asiri
47. Mustafo Bassas


Ahli asosan 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi. Asosiy 11 futbolchi quyidagilar:

Yosir Mosaylim; Mansur Harbi, Muhammad Fatil, Oqil Sahabi, Said Muvallad, Taysir Jassim, Saad Abdulamir, Salman Muvashar, Abdulfattoh Asiri, Jiannis Fetfatcidis; Umar Soma.

Jiddaliklar asosan oxirgi 30 daqiqada raqib darvozasiga ko'p to'p kiritishadi. Ular 50 foiz golni aynan shu daqiqalarda urishgani etiborga molik.

To'purarlari:
Umar Soma 19
Abdulfattoh Asiri 5
Jiannis Fetfatcidis 3
Ali Avaji 3

Golli uzatmalar:
Taysir Jassim 4
Umar Soma 4
Jiannis Fetfatcidis 3
Abdulfattoh Asiri 3

Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика