So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

“Bunyodkor”chilarning mustaqillik tabrigi Yangiliklar

“Bunyodkor”chilarning mustaqillik tabrigi

Vatanimiz mustaqilligining 23 yillik bayramini nishonlash arafasida turibmiz.
O'zbekiston chempionatlarining besh karra g'olibi, mamlakat kubogining to'rt karra sohibi, Osiyo CHempionlar ligasining ikki karra yarim finalchisi Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Sizni eng aziz va ulug' bayramimiz – O'zbekiston mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Yurtimizning 23 yillik to'yi munosabati bilan “qaldirg'ochlar”ning 23 yoshli etakchilari Sardor Rashidov va Alibobo Rahmatullaev o'zining bayram tabriklarini izhor etib, barcha yurtdoshlarimizni Istiqlol bilan muborakbod etadi.

Sardor RASHIDOV (“Bunyodkor” FK yarim himoyachisi):
- 1 sentyabr arafasida diyorimiz yanada chiroy ocha boshlaydi. Yurtimiz ko'chalarida haqiqiy bayram nafasi hukm suradi. Barcha hamyurtlarimizni ko'tarinki kayfiyatda uchratasiz. Fursatdan foydalanib, hamma o'zbekistonliklarni bayram bilan qutlayman! Barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat tilab qolaman!

Jannatmakon O'zbekiston zaminida tavallud topganim uchun Yaratganga doimo shukr qilib yashayman. Yurtimiz dovrug'ini yanada oshirish, bayrog'imizni bundan-da yuqori cho'qqilarga olib chiqish uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

Alibobo RAHMATULLAEV (“Bunyodkor” FK yarim himoyachisi):
- “Bunyodkor” futbol klubi hamda shaxsan o'z nomimdan barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabriklayman! Barchaga tinchlik-totuvlik, omad va olam-olam quvonchlar tilayman!

Istiqlol bayrami hayotimizdagi eng katta ayyom, degan fikrimga barcha vatandoshlarimiz qo'shilsalar kerak. Hamisha ishingiz baroridan kelsin, azizlar! Hammangizning barcha orzu-umidlaringiz ushalishini tilagan holda, O'zbekistonni bayram shukuhi hech qachon tark etmasin, degan niyatdaman!

Yurtimiz futbolini xalqaro arenalarda o'z o'rniga ega bo'lishi va yuksak marralarni zabt etishida bor kuch mahoratimni ishga solishga tayyorman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика