So’nggi yangiliklar

10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  6 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   2 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   7 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  6 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   10 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   12 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  4 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  4 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  4 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  6 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  11

Yangi libos, chiptalar va boshqa masalalar - "Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

Yangi libos, chiptalar va boshqa masalalar - "Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Toshkentning "Bunyodkor" klubi jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tadbir o'z yakuniga etdi. Ushbu sahifa orqali tadbirdan onlayn matnli translyaciya olib borildi. 

- - - - - 

Ulug'bek Mirzaev: Tadbirimizni chiroyli o'tkadik. Barchaga rahmat. Yangi mavsumda barcha futbolchilarga omad tilayman. Bugungi uchrashuvda ishtirok etganlarda minnatdorchilik bildiraman. Jamoa uchun tun-u - kun ishlayapmiz. Klub uchun jonimizni beramiz. O'ylaymanki, eng yuqori vazifalarni bajarishga tayyormiz va buni amalga oshirish qo'limizdan keladi. 


SHundan so'ng saytimiz muxbiri o'zini qiziqtirgan savol bilan bosh murabbiyga murojaat qildi: 

- Avval ham murabbiy sifatida ishlagansiz. Ammo endi siz bosh murabbiy sifatida ishlaysiz. Bunday rolda ishlashga qay darajada tayyorsiz?

- Bor etiborim, "Bunyodkor"ni chempionlik darajasiga qaytarish. Ammo, futbol jamoaviy o'yin. Men bir o'zim xech narsa qila olmayman. Biz birgalikda barcha maqsadni amalga oshiramiz. 

- Jamoa o'yin uslubida qanday o'zgarish ko'rishimiz mumkin?

- Men jamoada to'rtinchi yil ishlayapman. Biz faqat hujumkor, muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatmoqchimiz. Maqsadimiz terma jamoaga yaxshi futbolchilarni etkazib berishdir. 

- - - - - 

So'ngra klubning yangi prezidenti uchun tayyorlangan ramziy manodagi futbolka namoyish etildi. U bugun klub rahbariga topshirilishi lozim edi. Ammo, bazi sabablarga ko'ra, Mehriddin Razzoqovich Abdullaev bugungi tadbirda qatnasha olmadi.  

- - - - - 

Unga ko'ra, klub sharafini yangi mavsumda quyidagi yangi futbolchilar himoya qilishadi: darvozabon Ravshan Yagudin, Diar Talxatov, Avazbek O'lmasaliev, Sunnatillo Abdullajonov, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov (Qirg'iziston), Bek Abdullaev, Ibrohim Tomiva (Nigeriya), darvozabon Zafar Safoev. 

- - - - - 

So'ngra tadbirning ikkinchi qismi boshlandi - unda mavsum davomida jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilar va klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar rasman tanishtirildi. 

- - - - - 

SHundan so'ng, fan-klub vakillari klubni qo'llab-quvvatlovchi qo'shiqni kuylab berishdi. 

- - - - - 

Fan-klub raisi SHavkat Imomov: "Bunyodkor"ga kelgan barcha futbolchilarga "Xush kelibsiz" deb qolamiz. Biz muxlislar klubimizni xech qachon yolg'izlatib qo'ymaymiz. Siz esa maydonda chiroyli o'yin ko'rsatib bersangiz kifoya. O'yin vaqtida qo'llash uchun chiroyli sovg'alar tayyorlab qo'yganmiz. 

- - - - - 

Akbar Dadashev chiptalar va stadionga kirish haqida: "O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlikni yakunladik. Superliga o'yinlariga chiqarilgan chiptalar haqida gapirsak, PFL tomonidan bizga taqdim etilgan chiptalarga o'z homiylarimiz ramzlarini, o'yinlar boshlanish vaqtlari va boshqa malumotlarni joylashtirdik. CHiptalar narxi ertadan sotuvga chiqadi va 15 000 so'mdan baxolangan. SIP chiptalar narxi esa 40 ming so'mni tashkil etadi. 

Taklifnomalar esa VIP mehmonlar uchun mo'ljallangan. Qolaversa, barcha xodimlarimizni akkreditaciyadan o'tkazdik. 

- - - - -

Ulug'bek Mirzaev: "Klub marketing orqali bosh homiy beradigan pullardan tashqari, o'zi mablag' ishlab topishni ham maqsad qilib qo'ygan. Bu borada ishlar olib borildi. To'g'ri, pandemiyada korxonalar mablag'larida, reklama uchun ajratilgan pullarda qisqarishlar bo'ldi. Ammo shunday bo'lsada, bu bo'yicha ishlar olib bordik. Taxminan 6-7 kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Biz chiroyli o'yinlar bilan barchani xushnud qilsak, hamkorlarimiz ham bu orqali o'z kompaniyalari imidjini oshirib olishadi. Qo'shimcha mablag'lar evaziga biz futbolchilar oldidagi majburiyatlarimizni bajaramiz, akademiyadagi ishlarni davom ettiramiz, maydonni tamirdan chiqaramiz. Hali ishlar ko'p. O'ylaymanki, bu borada namuna ko'rsata olamiz. 

- - - - - 

Yangi liboslar haqida adminstrator SHoaziz SHog'iyosov: "Bu yil Germaniyaning "JAKO" brendi tomonidan taqdim etilgan liboslarda harakat qilamiz. Bunday liboslarda avval ham chempionlikni qo'lga kiritganmiz. Umid qilamizki, bu yil ham ushbu formalarda chempionlikni nishonlaymiz. 

- - - - - 

Lutfullo To'raev: "Adidas" to'plaridan ikki kundan buyon mashg'ulotlarda foydalanmoqdamiz. Bizga to'pning farqi yo'q, futbolchilardan faqat futbol o'ynash talab qilinadi. Oldimizga qo'yilgan maqsadni, jamoa bilan birlashgan holda amalga oshirishga harakat qilamiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo'yamiz. 

Sarvar Karimov: Mavsumga etarlikcha tayyorgarlik ko'rdik. To'p haqida gapiradigan bo'lsam, bunday to'plar jamoamiz azolariga yoqdi. Bu to'plarda ko'proq gol urib, kamroq gol o'tkazishga harakat qilamiz.

Azizjon Taslimov to'plar haqida: "Bu yilgi mavsumda "Adidas" to'plaridan foydalanamiz. Qo'shimcha malumot uchun, Ispaniya kubogidagi bahslarda ham mana shunday to'plardan ham foydalanishmoqda.

- - - - 

Botir Parpiev, klub etakchi mutaxassisi "zayavka" haqida: Jami 54 nafar futbolchini yil uchun ro'yxatdan o'tkazdik. Biz QR kodli tizimdan foydalanmoqdamiz. Unda barcha malumotlar jamlangan bo'ladi. Barchaga rahmat.

- - - - -

SHuhrat Maqsudov: "Bildirilgan ishonch uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoada bosh murabbiydan tashqari boshqa xodimlar ham birlashib ish yuritishi lozim. Agar ahillik bo'lmasa, qanday murabbiy jamoani boshqarishidan qati nazar, natija kelmaydi. 

Biz futbolchilarimizga katta etibor qaratsak, 99 foiz ishonamanki, ular "Bunyodkor"ning mavqeini qaytara olishadi. Ammo, yana bir marta takrorlayman - qars ikki qo'ldan chiqadi. 

Jamoamiz "Farg'ona hokimi kubogi" orqali yilni yaxshi boshlashdi. Umid qilamanki, bundan keyin ham barchasi yaxshi bo'ladi. Har qanday holatda ham "Bunyodkor"ni qo'llab-quvvatlab tursangiz, oldimizga qo'ygan vazifani bajaramiz.

- - - - - 

Ulug'bek Mirzaev: Assalomu alaykum. Yangi mavsumni boshlash arafasida turibmiz. Xabaringiz bor, yaqinda klubimizda rahbar almashdi. Bundan tashqari, bosh murabbiy ham almashdi. Endilikda jamoamizni tajribali SHuhrat Maqsudov boshqaradi. Ularni tabriklaymiz. 

O'ylaymanki, mavsumga tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Biz qadamba qadam ishlab, terma jamoamizga yaxshi futbolchilar tayyorlab berishga tayyormiz. 

- - - - 

Tadbirni klub matbuot kotibi Sohib Egamov olib bormoqda.

Taqdimot marosimi boshlandi!

Yangi mavsum oldidan tanishtirish marosimi boshlanmoqda. Marosimda jamoa murabbiylari, klub rahbarlari, futbolchilar va xodimlar ishtirok etmoqda. Tadbir boshlanishiga bir necha daqiqalar qolmoqda. Barcha narsa tayyor!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика