So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

“Bunyodkor”-2006 Barnaulda ikkinchi bo'ldi. Birinchi – “Dinamo” M, “Lokomotiv” M - uchinchi Yangiliklar

“Bunyodkor”-2006 Barnaulda ikkinchi bo'ldi. Birinchi – “Dinamo” M, “Lokomotiv” M - uchinchi

13-18 avgust kunlari Rossiyaning Barnaul shahrida Gennadiy Smertin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Gennadiy Ivanovich Smertin - mashhur futbolchilar, aka-uka Evgeniy va Aleksey Smertinlarning otasi 2016 yilning mart oyida vafot etgandi. 2016 yili ushbu xotira turnirining dastlabkisi tashkil etilgan (2004-2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida “Oltoy” jamoasi g'olib chiqqan edi). O'tgan yili esa 2005 yilda tavallud topganlar orasida Moskvaning “Dinamo” jamoasi zafar quchgandi. Bu yilgi bellashuvlarga 2006 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar jamlanishdi.

Oltoy o'lkasining bosh shahri, o'zi tug'ilib o'sgan Barnaulda Aleksey Smertin ochgan futbol maktabining maydonlarida o'tkazilgan bahslarda olti jamoa ishtirok etdi: “Oltoy” (Barnaul), “Lokomotiv” (Moskva), “Dinamo” (Moskva), “Bunyodkor” (O'zbekiston), “Albireks Niigata” (Yaponiya) hamda “Desung” (Janubiy Koreya).

Murabbiy Ulug'bek Boqiev qo'l ostidagi yosh “qaldirg'ochlar” 5 uchrashuvdan to'rttasida g'alaba qozonishdi. Asosiy raqib – Moskvaning “Dinamo” jamoasi bilan kechgan o'yinda durang qayd etildi. Natijada, Ulug'bek Boqiev shogirdlari 13 ochko bilan faqat to'plar nisbatigagina ko'ra musobaqada ikkinchi o'rinni egallashdi. Uchinchi pog'onani “Lokomotiv” (Moskva) band etdi, mezbonlar jamoasi “Oltoy” esa to'rtinchi bo'ldi.

“Bunyodkor”-2006 qayd etgan natijalar va yakuniy turnir jadvali:
“Bunyodkor” - “Oltoy” 3:1
“Bunyodkor” - “Desung” 7:1
“Bunyodkor” - “Dinamo” 1:1
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” 1:0
“Bunyodkor” - “Albireks Niigata” 3:2



#

Jamoalar

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Dinamo M

5

4

1

0

23-2

13

2

Bunyodkor

5

4

1

0

15-5

13

3

Lokomotiv M

5

3

0

2

17-5

9

4

Oltoy

5

2

0

3

17-10

6

5

Albireks Niigata

5

1

0

4

6-26

3

6

Desung

5

0

0

5

2-32

0


Ushbu musobaqada “Bunyodkor” akademiyasi yoshlar jamoasi munosib ishtirok etib, turnir sensaciyasi degan nomga loyiq topildi. SHuningdek, musobaqa tashkilotchilari tomonidan turnirning eng yaxshilari sifatida ikki nafar futbolchimiz taqdirlandi. “Eng yaxshi himoyachi” deb Islom Anvarov topilgan bo'lsa, “Eng yaxshi yarim himoyachi” sovrini SHamsiddin Tursunmahamadovga topshirildi.

Barnaulda to'p surgan “Bunyodkor” U-12 jamoasi tarkibi bilan tanishing:
BOSH MURABBIY 
- Ulug'bek Boqiev
Murabbiy – G'ulom Halimtoev
Darvozabonlar
Muslimbek Abdumannopov (03.03.2006)
Hasan Karimov (05.07.2006)
Himoyachilar
Azizbek Aliqulov (08.01.2006)
Islom Anvarov (19.04.2006)
Ayubxon Asrorov (27.06.2006)
Otabek Boltaev (21.06.2006)
Husan Karimov (05.07.2006)
Akmal Rahimov (22.04.2006)
Azizbek To'lqinbekov (10.02.2007)
Yarim himoyachilar
Abdurahmon Abdusamatov (01.07.2006)
Mirjalol Azimov (08.01.2006)
Ozod Ahmedov (12.04.2006)
Abdulhamid Ikromov (21.07.2006)
SHohruh Qahhorov (05.08.2006)
SHamsiddin Tursunmahamadov (02.10.2006)
Hujumchilar
Muslim Jamoliddinov (06.08.2006)
Jahongir Isomiddinov (30.01.2006)
Abdurahim Ismoilov (29.03.2006)


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика