So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  2 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi yirik turnirda Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi yirik turnirda

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchilari Malayziyada tashkil etilayotgan yirik musobaqada ishtirok etishadi.

“Super Mokh Cup 2015” deb nomlangan musobaqa Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 7-13 dekabr kunlari o'tkaziladi. Unda 12 va 13 yoshli futbolchilardan iborat, jami 40ta jamoa ishtirok etadi. Turnirda Angiliyaning “Manchester Siti”, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb”, Ispaniyaning “Rayo Valekano”, Braziliyaning “Korintians”, Yaponiyaning “Kashiva Reysol” va “Gamba Osaka”, Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung”, “Ulsan Xunday” va “Poxang Stilerz”, Eronning “Sepahon”, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va boshqa bir qancha mashhur klublar futbol maktablari jamoalari ishtirok etayotgani musobaqaning nufuzi qanchalik yuqori ekanligidan dalolat berib turibdi.

4 dekabr kuni “Bunyodkor” futbol maktabining U-12 va U-13 jamoalari delegaciyasi Kuala-Lumpur shahriga etib kelishdi. O'ylaymizki, tabriyalanuvchilari musobaqa startigacha mahalliy iqlimga moslashib olishadi. “Bunyodkor-2002”ga Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev murabbiylik qilishayotgan bo'lishsa, “Bunyodkor-2003”ni Furqat Samegov va Alisher Ibrohimov boshqarishmoqda.

“Super Mokh Cup 2015” turnirining U-13 yosh toifasidagi ishtirokchilari bilan tanishing:
“A” GURUHI

1.“Manchester Siti” (Angliya)
2.“Kashiva Reysol” (Yaponiya)
3.“Dongbu” (Janubiy Koreya)
5.“Malayziya panteralari” (Malayziya)

“V” GURUHI
1.“Dinamo Zagreb” (Xorvatiya)
2.“Sepahon” (Eron)
3.“CHonburi” (Tailand)
4.“Malayziya yo'lbarslari” (Malayziya)

“S” GURUHI

1.“Rayo Valekano” (Ispaniya)
2.“Suvon Samsung” (Janubiy Koreya)
3.“Bunyodkor” (O'zbekiston)
4.Filippin U-13 terma jamoasi

“D” GURUHI
1.“Poxang Stilerz” (Janubiy Koreya)
2.“Gamba Osaka” (Yaponiya)
3.“Buriram Yunayted” (Tailand)
4.Bangladesh U-13 terma jamoasi

“E” GURUHI
1.“Korintians” (Braziliya)
2.“Yokogama Mariners” (Yaponiya)
3.PSV (Tailand)
4.“Malayziya pumalari” (Malayziya)

“Super Mokh Cup 2015” turnirining U-12 yosh toifasidagi ishtirokchilari bilan tanishing:
“A” GURUHI

1.“Paju” (Janubiy Koreya)
2.“Bunyodkor” (O'zbekiston)
3.“Buriram Yunayted” (Tailand)
4.MSS (Malayziya)
5.“Tunas afsonasi” (Malayziya)

“V” GURUHI
1.“Seul Jamvon” (Janubiy Koreya)
2.“Guanchjou Evergrand” (Xitoy)
3.“CHonburi” (Tailand)
4.“Malayziya panteralari” (Malayziya)
5.SIMB-YFA (Malayziya)

“S” GURUHI
1.“Seul SHindap” (Janubiy Koreya)
2.“Kim Jing YU” FM (Janubiy Koreya)
3.Bangladesh U-12 terma jamoasi
4.“Malayziya pumalari” (Malayziya)
5.“Jeonsa” (Malayziya)

“D” GURUHI

1.“Ulsan Xunday” (Janubiy Koreya)
2.“Sepahon” (Eron)
3.Filippin U-12 terma jamoasi
4.PSV (Tailand)
5.“Bintang Biru” (Malayziya)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика