"Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvida inobatga olinmagan golni rossiyalik hakam ko'rdi va o'z xulosasini aytdi
16 apr 2022 17:36
Yangiliklar
"Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvida inobatga olinmagan golni rossiyalik hakam ko'rdi va o'z xulosasini aytdi
O'zbekiston kubogi doirasidagi o'yin so'nggida termizliklar hujumchisi Murod Bobojonov tomonidan urilgan gol juda ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi.
Bugun Championat.asia saytida ish boshlagan rossiyalik hamkasbim Nikolay Egorichev orqali rossiyalik hakamlarning bu vaziyat bo'yicha xulosasini so'radim.
Videoni ko'rgan va o'z nomini oshkor qilishni istamagan hakamning javobi shunday bo'ldi: "Bu xavfli o'yin, golni hisoblamaslik kerak. Agar hujumchi raqibning boshiga tepib yuborgan bo'lsa, sariq kartochka ham bersa bo'ladi".
Demak, rossiyalik hakam ham O'FA hakamlar departamenti singari gol urilayotganda qoida buzilgan deb aytdi.
Biroq takrorlayman menga bu vaziyatda gol toza urilgandek tuyulmoqda.
Biroq takrorlayman men hakam emasman.
Fikrlar