So’nggi yangiliklar

11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  5 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  4 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  10 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  9 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  28 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  17 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3

"Bunyodkor" stadioni rahbariyati masalaga oydinlik kiritdi Yangiliklar

"Bunyodkor" stadioni rahbariyati masalaga oydinlik kiritdi

Xabaringiz bor kecha Oliy liganing 12-tur markaziy o'yini "Bunyodkor" - "Nasaf" bellashuvi bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor" stadioni direktori Vohid Zokirov kechagi "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yinida o'yingohga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni borasida chiqqan maqola bo'yicha o'z munosabatini bildirdi. Vohid Zokirov va "Bunyodkor" stadionining marketing bo'limi xodimlari ushbu masalaga oydinlik kiritib o'tishdi.

Saytimiz orqali yozilgan maqolada kechagi o'yinda aslida qancha muxlis tashrif buyurdi deb murojaat etgandik. PFL rasmiy saytida ko'rsatilgan 3869 nafar tomoshabindan ham taxminan ko'proq ishqiboz kelgani va o'sha uchrashuvdan olingan suratlarni chop etgandik.

Vohid Zokirov bilan bo'lgan uchrashuvda stadion rahbari chiptalarni qancha sotilgani va har bir sektorga qanchadan muxlis sig'ishini tushuntirib o'tdilar. SHuni qo'shimcha qilish lozimki, chiptalar savdosi eng oxirgi zamonaviy uslubda kompyuterlashtirilgan. Sotilgan chiptalar bo'yicha stadion direktorining o'ziga kunlik hisobot kelib turishini ko'rdik. "Bunyodkor" stadioni doimo muxlislar uchun ishlashi va ularning xizmatiga doim tayyorligi alohida takidlandi.

Yana bir malumot, "Bunyodkor" stadioni kassasidan chipta sotib olayotgan muxlisning talab va istagiga binoan tanlagan sektori va joyiga uning ko'z oldida chipta chiqariladi. Agarda ishqiboz tanlagan joy band bo'lsa, unda boshqa o'rindan joy beriladi. Yani "Bunyodkor" har bir o'yinga malum miqdorda chipta tayyorlab olib kelmaydi. Muxlislarning ko'z o'ngida chipta maxsus moslama orqali chiqarib beriladi. Bu ortiqcha sarf-harajatdan asraydi. Malum bir uchrashuvga masalan 10 mingta chipta tayyorlatib, keyin shularning teng yarmi sotilmay qolsa, bu ortiqcha harajat va zarar. 

"Bunyodkor" - "Nasaf" o'yiniga jami 3868 ta chipta sotilgan va shu asosida uchrashuvga kelgan tomoshabinlar soni aniqlangan. 3868 nafar tomoshabinning ichiga "Bunyodkor" muxlislar klubi (akkreditaciya bilan kirishgan) va "Nasaf" (tekinga chipta berilgan) muxlislar klubi azolari ham qo'shib hisoblanganini alohida takidlab o'tildi. Yana stadionda IIB xodimlari ham borligi kishini muxlislar sonini aniqlashda biroz chalg'itib yuborgan bo'lishi mumkin.

Stadion direktori va xodimlarining gaplariga ko'ra, "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuviga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni borasida adashilmagan va kechagi bahsni haqiqatdan ham 3868 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib borgan. Aniqlik uchun: PFL rasmiy sayti esa 3869 nafar tomoshabin keldi deb xabar bergan.

Demak bu borada "Bunyodkor" stadioni mamuriyati tomonidan hech qanday anglashilmovchilik bo'lmagan va ular bergan malumot to'g'ri bo'lib chiqdi.

SHu o'rinda "Bunyodkor" stadioni rahbariyatiga ushbu masala bo'yicha qilgan munosabati va etibori uchun tashakkur bildiramiz.


Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Eron uchrashuviga chiptalar chiqarilgan va "Bunyodkor" stadioni kassalarida chiptalar sotuvi boshlangan.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика