Eshitdik-da! Bunyodkor sobiq futbolchisini sotib olmoqchi
06 dek 10:45
Yangiliklar
Eshitdik-da! Bunyodkor sobiq futbolchisini sotib olmoqchi
Kelasi mavsumga jiddiy maqsadlarni oldiga qo'ygan Bunyodkor katta transferlarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
«Qaldirg'ochlar» OKMK futbolchisi Xurshid G'iyosovni transfer qilmoqchi. G'iyosovning OKMK bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mavjud va shu sababli Toshkent jamoasi yarim himoyachini sotib olishni maqsad qilgan.
Malumot uchun, G'iyosov «Bunyodkor» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2022 yilda OKMKga aynan «Bunyodkor»dan ko'chib o'tgandi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.
Fikrlar