Eshitdik-da! Bunyodkor sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

Khoja
6 dek 2024, 10:45
Kelasi mavsumga jiddiy maqsadlarni oldiga qo'ygan Bunyodkor katta transferlarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.

Qaldirg'ochlar OKMK futbolchisi Xurshid G'iyosovni transfer qilmoqchi. G'iyosovning OKMK bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mavjud va shu sababli Toshkent jamoasi yarim himoyachini sotib olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, G'iyosov Bunyodkor tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2022 yilda OKMKga aynan Bunyodkordan ko'chib o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. 


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia