"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi "Vest Bromvich"ni boshqarishi mumkin
06 apr 2018 15:07
Yangiliklar


"Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi "Vest Bromvich"ni boshqarishi mumkin
Braziliya terma jamoasi va "Bunyodkor", "CHelsi" hamda "Guanjou Evergrand" sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari "Vest Bromvich"ni boshqarishi mumkin.
69 yoshli Skolari APLni tark etadigan "Vest Bromvich" bilan CHempionshipda ishlashga tayyor.
"Menga Premer-liga juda yoqadi, ushbu chempionatni doimo kuzatib boraman. Kelasi yil shu erda ishlasam kerak. Uzr so'rayman, Premer-liga emas, ikkinchi divizion bo'lishi mumkin. Menda taklif bor va mendan nimani istashayotganliklarini tushunib olishim lozim. Oilamdagilarga quyidagi so'zlarni aytdim: "Braziliyada uch oy - yanvar, fevral, mart, aprelda chet elga ketaman".
Menda Angliya ikkinchi divizionidan aniq taklif bor. Hozir ular APLda, ammo jamoa chempionatdan chiqib ketsa kerak. Agar ularning loyihasi ikki yilga mo'ljallangan bo'lsa, kkinchi divizionda ishlashga tayyorman. Rozi bo'lsam kerak" - deydi Skolari.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar