"Bunyodkor" rahbariyati Simonenko mavzusiga oydinlik kiritdi
20 sen 2018 17:19
Yangiliklar
"Bunyodkor" rahbariyati Simonenko mavzusiga oydinlik kiritdi
Xabarda 2014 yil "Bunyodkor" tarkibida o'ynagan Sergey Simonenkoning klubda puli qolib ketgani, shundan so'ng ukrainalik himoyachi FIFAga arz qilgani hamda FIFA "Bunyodkor"dan 6 ochko olib tashlash bo'yicha qaror chiqargani aytilgan.
Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida "Bunyodkor" rahbariyatiga murojaat qildik va klub bosh direktori Murod Aliev vaziyatni quyidagicha izohladi:
- "Bunyodkor" futbol klubining Sergey Simonenko oldida qarzi yo'q. To'g'ri, qarz bor edi, biroq unga berilishi kerak bo'lgan 400 million so'm futbolchi nomidagi plastik kartaga tushirilgan. Buni bank ham tasdiqlaydi. Faqat futbolchining o'zi pulni ishlatmagan va karta hozir kimning qo'lida ekanini ham bilmaymiz. Lo'nda qilib aytganda, futbolchiga tegishli summa uning kartasida turibdi. Kerak bo'lsa, bu haqda FIFAga ham yozma bayonot berishga tayyormiz".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar