So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  14

"Bunyodkor" "Olmaliq" ustidan kichik hisobda ustun keldi Yangiliklar

"Bunyodkor" "Olmaliq" ustidan kichik hisobda ustun keldi

"Bunyodkor" va "Olmaliq" o'rtasidagi O'zbekiston chempionati 14-tur uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.


Oliy  liga, 14-tur.

Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) 1:0
27 iyun 2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00
Hakamlar
:
V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi:
G. Imamov (Toshkent).

Gol: Eldor SHomurodov (49)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 8.Jovlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 17.Dostonbek Hamdamov (15.Obid Jo'raboev, 88), 19.Zabixillo O'rinboev (14.Vohid SHodiev, 73), 21.Sardor Rashidov, 39.Eldor SHomurodov (7.SHaker Zuagi, 79)
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 7.SHaker Zuagi, 14.Vohid SHodiev, 15.Obid Jo'raboev, 16.Artyom Filiposyan, 20.Samir Bekrich, 40.Temur Ayupov

"Olmaliq": 16.Umid Xonimqulov, 4.Abduqahhor Xojiakbarov,  5.Evgeniy Gogol (S),  7.G'ulom O'runov,  8.Sahob Jo'raev,  10.SHavkat Salomov,  11.Zohir Pirimov (27.Nikita Pavlenko, 56),  55.Adrian Kashkaval,  70.Arslonmurod Omonov (14.Doniyor Ismoilov, 83),  77.Jahongir Abdumo'minov (17.Kamoliddin Murzoev, 56),  84.Nemanya Yovanovich
Zaxira: 1.Temur G'aniev, 3.Azamat Isroilov, 14.Doniyor Ismoilov, 17.Kamoliddin Murzoev, 19.Islom Inomov, 21.Salomat Quttiboev, 27.Nikita Pavlenko.

Ogohlantirish: Jahongir Abdumo'minov (19), Xayrulla Karimov (45), Evgeniy Gogol (51)                         



                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                             Yangilash




- "Bunyodkor" - "Olmaliq" o'yinidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!

- UCHRASHUV YAKUNLANDI!

 

- Qo'shib berilgan daqiqalar davom etmoqda. "Olmaliq" hujumga o'tmoqchi, "Bunyodkor" esa katta kuch bilan himoyalanmoqda.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. Sal qo'shish kerak edi...


89` "Olmaliq" oldinga intilmoqda. Lekin xavfli hujumlardan darak yo'q...



88` O'zgarish. "Bunyodkor".
Dostonbek Hamdamov o'rniga Obid Jo'raboev maydonga tushdi.


87` Xavfli vaziyat! Vohid SHodiev yana qulay imkoniyatdan samarali foydalana olmadi. Umid Xonimqulovdan navbatdagi "seyv"!



85` Xavfli vaziyat!
Vohid SHodiev qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.


83` O'zgarish. "Olmaliq".
Arslonmurod Omonov o'rniga Doniyor Ismoilov tushirildi.


81`
Burchak to'pidan so'ng Gogol boshi bilan darvozaga zarba berdi. Noaniq.


80` Jarima zarbasi!
SHavkat Salomovning kuchli va aniq zarbasini Murod Zuhurov bartaraf etdi. Burchak zarbasi.


79` O'zgarish. "Bunyodkor".
Eldor SHomurodov o'rniga maydonga SHaker Zuagi tushirildi.


78` Xavfli vaziyat! "Olmaliq"ning hujumini Yovanovich samarali yakunlay olmadi. Zarba berishni cho'zib yuborgan Yovanovich imkoniyatni qo'ldan boy berdi...



77`
Sahob Jo'raevning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.


75`
"Olmaliq" jarima zarbasini amalga oshirdi. SHavkat Salomovning oshirib bergan to'pi Yovanovich darvozaga yo'llashda noaniq o'ynadi.


73`
O'zgarish. "Bunyodkor". Zabixillo O'rinboev o'rniga Vohid SHodiev tushirildi.


71`
O'yin juda zerikarli tus olmoqda...


70` Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga 1058 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.



68`
Murod Zuhurovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


66`
Jovlon Ibrohimovning uzoqdan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi...


64`
"Olmaliq" futbolchisi Arslonmurod Omonov hozir jamoasining hujumini rivojlantirishda juda sust harakat qildi va natijada hujum uzilib qoldi. Vaholanki unda pas berish uchun uchtadan ortiq variant bor edi...


62`
O'yin tempi yuqori emas. Goldan so'ng "Olmaliq" biroz jonlangandek bo'lgandi. Lekin ular hozircha butun jamoa bo'lib hujum o'tishayotgani yo'q.


60`
"Olmaliq"ning hujumlarini "Bunyodkor" himoyachilari bartaraf etishmoqda.


58`
"Olmaliq" futbolchisi Sahob Jo'raev jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Biroq hakam bu vaziyatda penalti belgilamadi.


57` O'zgarish. "Olmaliq".
Jahongir Abdumo'minov o'rniga Kamoliddin Murzoev, Zohir Pirimov o'rniga esa Nikita Pavlenko maydonga tushdi.


55` Sardor Rashidov! Rashidovning bu safargi zarbasi yanada xavfli chiqdi. Lekin Umid Xonimqulov yana o'z o'rnida bexato harakat qildi.



54`
"Bunyodkor" yana jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.


52`
Sardor Rashidovning jarima zarbasidan tepgan to'pini Umid Xonimqulov mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi.


51`
Evgeniy Gogol ogohlantirildi.


49` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOV! Xayrulla Karimovning maydon markazidan oshirib bergan to'pidan so'ng Eldor raqib kiperi bilan yakkama-yakka chiqib bordi va osonlik bilan darvozani ishg'ol etdi.


49`
"Olmaliq"ning chap qanotdan tashkil etgan hujumi besamar ketdi.


47`
Standart vaziyati samarali yakunlanmadi.


46`
"Bunyodkor" ikkinchi taymni faollik bilan boshladi. Burchak zarbasi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi bo'lim tugadi! Tanaffus!



45` Xavfli vaziyat!
"Olmaliq" tanaffusga g'olib xolda chiqib ketishi mumkin edi... SHavkat Salomovning darvozaga yo'llagan zarbasini so'nggi pallada himoyachi bartaraf etishga ulgurdi...


45` Xayrulla Karimov ogohlantirildi. A kak je bez preduprejdenie?



45`
Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.


43`
Sardor Rashidovning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi.


41`
Maydondagi eng faol futbolchi bu Sato Minori. Hozira yaponiyalik futbolchidan boshqa hech kim ajralib turgani yo'q.


39`
"Bunyodkor"ning hujumi to'xtatib qolindi. Eldor SHomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.


37`
"Bunyodkor" raqibiga nisbatan ko'p hujum tashkil etmoqda. Biroq ularning bu urinishlari hozircha samara keltirayotgani yo'q. Sato Minori ajoyib to'p uzatish bilan Hamdamovni qulay vaziyatga chiqardi. Biroq Doston bu vaziyatda tezkor qaror qabul qilishda oqsadi.


35`
"Olmaliq" o'yinni o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishga erishdi.


33`
Sato Minori jarima maydonchasi chizig'i oldida yiqildi.  Ceytlin ham Minori aynan yiqildi deb topdi, yiqitildi deb emas. Demak jarima zarbasi yo'q.


31`
Uchrashuv davom etadi. "Bunyodkor" hujumda, Umid Xonimqulov esa zarbalarni bartaraf etish bilan band.


30` Uchrashuvda "taym-aut"! Futbolda ham shunaqasi bo'lib turadi endi. Ceytlin futbolchilarni tomoqlarini xo'llab olishlariga imkon yaratib berdi. Suvdan iching futbolchilar...



28`
Murod Zuhurov darvozasi oldida anchadan buyon hujum tashkil etilmay qoldi. Umid Xonimqulov uchun raqib futbolchilari etarlicha ish topib berishga harakat qilishmoqda.
 

26` "Bunyodkor"ning ikkala hujumchisida ham gol urish uchun vaziyat bo'ldi. Biroq mundial ishtirokchilari ketma-ket imkoniyatdan unumli foydalana olishmadi.
Mundial charchog'i sezilyapti chog'i...


25` Xavfli vaziyat!!! #2! Umid Xonimqulovdan navbatdagi "seyv"!!! "Seyv" #2!
Eldor SHomurodov yaqin masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi.


24` Xavfli vaziyat!!!!
Sardor Rashidov va Sato Minorining kombinaciyasidan so'ng Zabixillo O'rinboev boshi bilan darvozaga aniq zarba yo'lladi. Biroq Umid Xonimqulov ajoyib "seyv" uyushtirib jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Barakalla, Umid!


21`
Hozircha stadionga kelgan kam sonli muxlislar va har ikkala jamoa darvozabonlari zerikib qolishmoqda.


19`
Jahongir Abdumo'minov maydon markazida qoidani buzdi va ogohlantirildi.


17`
Doston Hamdamov uzoq masofadan Umid Xonimqulov qo'riqlayotgan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Lekin uning zarbasi kuchli chiqmadi.
 

15`
"Olmaliq" ayni paytda himoyada "Bunyodkor"ning hujumlarini zararsizlantirish bilan ovora. Maydon egalarining hujumlari esa u qadar xavfli tus olmayapti.


13`
O'yin yana maydon markaziga ko'chdi.
 

11`
"Olmaliq" hujum uyushtirdi. Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni Kashkaval boshi bilan Yovanovich tomon uzatdi. Biroq bu vaziyatda "qaldirg'ochlar" himoyachisi ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.


10`
Sardor Rashidov faol o'ynadi va to'pni markazroqda turgan Dostonbek Hamdamovga uzatdi. Dostonning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Umid Xonimqulov egallab oldi.


9`
Mehmonlar ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana olishmadi.


8`
O'yinda ilk burchak to'pi. "Olmaliq"da imkoniyat bo'lishi mumkin.


7`
O'yin zerikarli tus olmoqda. Hujumlar deyarli tashkil etilmayapti. Hozircha faqat maydon markazida yakka-kurashlar kuzatilmoqda.


5`
"Bunyodkor" stadioni maydon holati juda yomon holatda turibdi. Futbolchilarga esa bu narsa noqulaylik tug'dirayotgani aniq.


4`
"Olmaliq" vakillari to'p bilan ko'proq nazoratda bo'lishmoqda. Lekin hujumdan halicha darak yo'q. O'yin maydon markazida kechmoqda.


2`
"Bunyodkor"ning ilk hujumi xavfli tus oldi. Sardor Rashidov va Hamdamov hamkorligida tashkil etilgan kombinaciyani Sato samarali yakunlashi mumkin edi. Biroq uning zarbasi kuchsiz chiqdi, kamida Xonimqulov o'z o'rnida bexato harakat qildi.


- Ana endi o'yin boshlandi shekilli...)


- Hakam shu narsani o'yin boshlanishi oldidan payqamagan ekan. Xayrulla Karimov bu holatni Ceytlinga bildirdi va bosh hakam keyingina buni payqadi.


- Maydon holati yaxshi emasligi bois Ceytlin o'yinni boshlanishi biroz cho'zib turibdi. Maydonning chimidagi kamchilik to'g'rilanmoqda. Uchrashuvga endi start beriladi.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


- Uchrashuvga bo'lgan qiziqish u qadar yuqori emas. Buni stadionga tashrif buyurgan kam sonli muxlislardan ham bilib olsa bo'ladi. Etiborlisi, bu o'yin turning markaziy uchrashuvlaridan biri sanaladi.


- Uchrashuv qizg'in kurashlarga boy kechishi kutilmoqda. Har ikkala jamoa ham ochiq futbol o'ynashga odatlanishgan.


- Ushbu har ikkala jamoa hozirda turnir jadvalida yonma-yon joylashishgan. "Olmaliq" chempionatda 5-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Bunyodkor" jamoasi keyingi 6-o'rinda borishmoqda. Agarda bugun maydon egalarining qo'llari baland kelsa, unda "qaldirg'ochlar" "Olmaliq"ga ochkolar bo'yicha tenglashib olishadi. Mabodo "Olmaliq" bugun ko'zlagan maqsadiga etsa, unda ular beshinchi o'ringa yaxshilab joylashib olish bilan birgalikda "Nasaf"ni taqib qilishda davom etishadi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liga 14-tur o'yinlari davom ettiriladi. Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi "Olmaliq"ni mehmon qiladi. Ushbu bellashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика