"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'ldi

Tolibjon Qosimov
20 fev 2020, 18:03
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Bunyodkor" jamoasi bugun tushlikdan so'ng ikkinchi nazorat bahsini o'tkazdi.

"Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan uchrashuvda aralash tarkib sinovdan o'tkazildi va asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berildi. O'yinning 10-daqiqasida qo'qonliklar futbolchisi Hamidullo Abduhamidov hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqaga kelib ikkinchi to'pni kiritib dubl muallifiga aylandi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining ikki goliga javoban, 89-daqiqada "qaldirg'ochlar" a'zosi Nozimxon Rustamov raqib darvozasini ishg'ol qildi va oradagi hisobni qisqartirdi - 1:2. Yakunda ushbu natija o'zgarishsiz qoldi.

Nazorat uchrashuvi
"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 1:2
Gollar:
Hamidullo Abduhamidov 10 (0:1), Hamidullo Abduhamidov 80 (0:2), Nozimxon Rustamov 89 (1:2)

"Bunyodkor": Akobir Qayumov, Suhrobjon Yarashev, Sardor Xursandov, Boburbek Farhodov, Nodir Tursunov, Temuriy Bukiya, Sardor Abduraimov, Rasul Yo'ldoshev, Malik Rasulov, Abdulaziz Abdusalomov, Vladislav Nuriev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Diyorbek Rahimqulov, Ibrohim Ibragimov, Valeriy Akopov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia