So’nggi yangiliklar

08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  1 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  31 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1

"Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj: Ikromov qaytish arafasida+Davronjon Ergashev bilan intervyu Yangiliklar

"Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj: Ikromov qaytish arafasida+Davronjon Ergashev bilan intervyu

Ivan Boshkovich boshchiligida "Bunyodkor" jamoasi "Olimpik" bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kecha "qaldirg'ochlar" yangi murabbiy qo'l ostidagi uchinchi kun mashg'ulotlarini o'tkazishdi. Asosiy etibor avvalgi uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan xatolarni to'g'rilashga, to'p bilan ishlashga qaratildi. Xursand qiladigan yangilik shuki, roppa-rosa bir yil oldin safdan chiqqan Farruh Ikromov umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Demak tez orada uni yana yashil maydonda ko'rishimiz ehtimoli yo'q emas. Tezkor vingerga yana avvalgi sport formasiga qaytishiga tilakdoshmiz. 


Jamoa sardori Davronjon Ergashev oldindagi bahsga hozirlik, salbiy natijalar va murabbiylar o'zgarishiga o'z munosabatini bildirdi. 


"Olimpik"ga qarshi kechgan birinchi davradagi uchrashuvni yodga oladigan bo'lsam, o'shanda biz noto'g'ri yondoshganmiz. Balki raqibga to'g'ri baho bermagan bo'lishimiz mumkin. Bu o'yinga qadar ular g'alaba qozonmagandi. O'ylaymanki, o'tgan safargi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlashga harakat qilamiz",- deydi Davronjon Ergashev. 

- Jamoa sardori va etakchisi sifatida murabbiylar o'zgarishining natijaga qanchalik tasir qilayotganini ayta olasizmi?

- SHuhrat Maqsudov ham, Viktor Karpenko ham yomon murabbiylar emasdi. Endi maydonda biz futbolchilar o'ynaymiz-ku. Mag'lubiyatda murabbiylarni ham ayblaverish noto'g'ri. O'yinchilarni ko'rish kerak. Boshkovich ish boshladi. Qisqa vaqtda uning ko'rsatmalarini tushunishimiz talab etiladi. Mavsum yakunida hammasi ijobiy tugaydi, degan umiddaman. 

- "Bunyodkor"da hech qanday maqsad qolmadi desak bo'ladimi? 

-  Nega ekan? Professional futbolchi har bir o'yinda borini beradi, g'alaba uchun kurashadi. Rasmiyatchilik uchun o'ynamaymiz. Barchasi o'z qo'limizda qolgan. Yilni munosib tugatishimiz kerak, tamom. 

- Jamoada ichki muhit o'zgarganmi?

- Bu yil muhit juda yaxshi. Avvalgi murabbiylar davrida ham jamoamizdagilarning bir-biriga ishonchi katta edi. Hozir ham shunday. Faqat so'nggi paytlardagi mag'lubiyatlar ruhiy tomondan zarba bo'ldi. 

- Kubok va chempionlik yo'lida kimni imkoniyatini yuqori baholaysiz?

- Yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan barchada imkoniyat bor. Kuchli jamoa chempion bo'lsin. Omadga ham kup narsa bog'liq. 

Abdulaziz Iskandarov

Foto: "Bunyodkor" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика