So’nggi yangiliklar

19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  1 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  3 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   11 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  10 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  23

“Bunyodkor” - “Lokomotiv”: o'zaro o'yinlariga oid qiziqarli faktlar Yangiliklar

“Bunyodkor” - “Lokomotiv”: o'zaro o'yinlariga oid qiziqarli faktlar

Teglar :  LokomotivBunyodkor
Oliy liga 19-turida poytaxtning ikki etakchi jamoasi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari o'zaro kuch sinashadi.

22 avgust kuni “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladigan “Bunyodkor” - “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan o'zaro o'yinlarga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola qilmoqchimiz.

- “Lokomotiv” tarkibidagi futbolchilardan sobiq bunyodkorilar olti kishini tashkil etadi. Bular: Ignatiy Nesterov, Timur Kapadze, Lutfulla To'raev, Jasur Orziqulovich Hasanov, Oleg Zoteev va Temurxo'ja Abduxoliqov. Bundaylar “qaldirg'ochlar” safida to'rt kishini tashkil etadi. Bular: Pavel Bugalo, Anvar G'ofurov, Viktor Karpenko va Javlon Ibrohimov.

- Ravshan Ermatov “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarining oliy liga doirasidagi hozirgacha o'tgan 15ta o'zaro uchrashuvlarining beshtasida bosh hakamlik qilgan.

- O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob 4:0 ko'rinishida bo'lgan. 2010 yilgi mavsumda “qaldirg'ochlar” TTYMI stadionida Vadim Abramov jamoasi darvozasiga javobsiz to'rtta gol urishgan.

- O'zaro o'yinlarda atigi ikki futbolchi bittadan “dubl” qayd eta olishgan. 2008 yili Server Jeparov “Jar” stadionida kechgan o'yinda ikkita gol urib, “qaldirg'ochlar”ga 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim etgan bo'lsa, Arturos Fomenko 2013 yili “Lokomotiv” tarkibida “Bunyodkor” darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan.

- Jasur Orziqulovich Hasanov o'zaro o'yinlarda umumiy hisobda 12 marotaba maydonda bo'lgan. Lekin Hasanov 9ta o'yinda “Bunyodkor” libosida, uchta o'yinda “termiryo'lchilar” safida harakat qilgan.

- Eng tezkor gol 3-daqiqada kiritilgan. Etiborlisi, 2012 yilgi mavsumning birinchi davrasida Dilshod Rahmatullaev “Jar”, ikkinchi davrada Viktor Karpenko “Lokomotiv” stadionlarida bir xil - 3-daqiqada gol urishgan.

- “Bunyodkor” bungacha o'tgan 15ta o'zaro o'yinlarnining atigi bittasida (2015 yil) gol ura olmagan (3:0). “Lokomotiv”da esa bu ko'rsatkich to'rtta bahsda kuzatilgan.

- “Bunyodkor” hozircha “Lokomotiv”ga o'z maydonida yutqazmagan.

- “Bunyodkor”ning joriy mavsumdagi eng yosh tarkibi aynan “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushdi. Jamoalarning “Lokomotiv” stadionida kechgan birinchi davradagi uchrashuvida Sergey Lushchan shogirdlarining o'rtacha yoshi 24,1ni tashkil etgandi.

- Bu ikki jamoa birinchi bor “Bunyodkor” stadionida to'qnash kelishmoqda. Bungacha o'tgan o'zaro o'yinlar MHSK, TTYMI, “Jar” va “Lokomotiv” stadionlarida o'tkazilgan.

- “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi o'zaro o'yinlarda maydonda to'p tepgan eng yosh futbolchi Miraziz Jalolov hisoblanadi. U 2007 yili “Bunyodkor” tarkibida “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushganida 15 yoshu 318 kunlik edi.

- O'zaro o'yinlarda darvozalarga jami 6ta penalti belgilangan. Etiborlisi, har ikkala jamoa ham bir-birlariing darvozalariga uch marotabadan penalti tepgan. “Bunyodkor”dan Server Jeparov (2008 yil), Rivaldo (2009 yil) va Oleksandr Pishchur (2014 yil), “Lokomotiv”dan esa Farhod Tojiev (2014 yil, 2ta) va Temurxo'ja Abduxoliqov 11 metrlik nuqtadan zarba berishgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика