"Bunyodkor": "Kubok sohiblari musobaqasida ikkinchi bo'ldik"
06 noy 2013 10:44
Yangiliklar

"Bunyodkor": "Kubok sohiblari musobaqasida ikkinchi bo'ldik"
Samarqand shahrida o'tkazilgan kubok sohiblari musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini uchun Qoraqolpog'iston Respublikasi va o'z viloyatlarida g'olib chiqqan jamoalar kurashga kirishishdi.
Toshkent shahridan “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yo'llanmani qo'lga kiritishgandi.
Sergey Lushan shogirdlari dastlabki turda mezbon jamoa – “Bahor-Geolog” klubiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jamoamizning yagona goli Vladislav Nuriev hisobiga yozildi.
2-turda “Nuriston” ustidan 5:1 hisobida qozonilgan g'alaba evaziga tarbiyalanuvchilarimiz yarim finalga yo'llanma olishdi. 6-daqiqadayoq Dostonbek Hamdamov yosh “qaldirg'ochlar”ni oldinga olib chiqdi. Umuman aynan shu futbolchi uchrashuv davomida hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. SHuningdek yana bir gol Zarbullo Umarov hisobiga yozildi. Tanaffusdan so'ng “Nuriston” azolari hisobni qisqartirishga harakat qildilar. Lekin 48-daqiqada Ulug'bek Majidov penaltini samarali yakunlay olmadi. Biroq ikkinchi bo'lim o'rtalarida u biribir “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi – 3:1. Bir golga toshkentliklar ikkita – Javoxir Qahramov va Davron Mamajonov gollari bilan javob qaytarishdi. Yakuniy natija 5:1.
Yarim finalda tarbiyalanuvchilarimiz ikkinchi guruhda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan Nukusning KDU jamoasiga qarshi tepishdi. Birinchi golni qoraqolpog'istonliklar kiritishdi: gol muallifi – Jasur Qurbonov. 31-daqiqada Vladislav Nuriev o'rtadagi gollar muvozanatini tikladi. O'yin yakunlanishi arafasida nukusliklar azosi Marat Ajiniyazov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Asosiy vaqtda hisob boshqa o'zgarmagach, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotoreyalar bahsida esa “Bunyodkor” omadliroq chiqib, 5:4 hisobida ustun keldi.
Ikkinchi yarim finalda esa “Bahor-Geolog” Andijonning “Uz DONG Ju” jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa, musobaqa bosh sovrini uchun “Bunyodkor” va “Bahor-Geolog” maydonga tushishdi. Tarbiyalanuvchilarimiz guruh bosqichidagi mag'lubiyat uchun raqiblaridan revansh olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Biroq yosh futbolchilarimiz mahorat bobida anchayin tajribaliroq kollektivni jamlagan “Bahor-Geolog” qarshiligini sindira olishmadi. SHunga qaramay asosiy vaqtda kuchlar teng keldi – 0:0. Penaltilar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi.
Takidlash joizki, musobaqaning eng yosh jamoasi sifatida ishtirok etgan bunyodkorchilar tashkilotchilarda iliq taassurot qoldirishdi. Turnirda orttirilgan tajriba o'smirlarimizning keyingi faoliyati davomida asqotadi.

Fikrlar