So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  12 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  1 19:20ЎФА нега жим?  3 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  16 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  6 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  13 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  46 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  17

Odatiy bo'lmagan tartib va qoidalar, ijtimoy masofa va bo'sh tribunalar. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan GALEREYA Yangiliklar

Odatiy bo'lmagan tartib va qoidalar, ijtimoy masofa va bo'sh tribunalar. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan GALEREYA

Kecha Superliga 4-tur bellashuvlariga start berildi.

Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi "Qo'qon-1912"ni qabul qildi. Bahs taqdirini 86-daqiqada qo'qonliklar himoyachisi Bobur Akbarovning o'z darvozasiga kiritib qo'ygan goli hal qildi. SHu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari 4 o'yindan so'ng 9 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi qo'qonliklar hisobidagi ochkolar oltitaligicha qoldi va ular jadvalda beshinchi pog'onaga tushishdi.

Karantindan keyingi dastlabki uchrashuvdan ko'plab ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Video "Tezkor studiya": "Bunyodkor" va AGMK g'alabaga munosibmidi? Abramov jamoasining muammosi nimada?

Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev

Maydonga tupurish yoki og'izni chaygandan keyin suvni maysaga to'kish mumkin bo'lmagani uchun butun stadion bo'ylab mana shunday maxsus idishlar qo'yib chiqildi.


Abramov va Ashurmatov karantin qoidalariga amal qilishmoqda.


Sardorlar va hakamlar ijtimoiy masofa saqlashmoqda.


Jamoaviy rasmga tushishda ham oraliq masofa saqlandi.


Mezbonlarning turkmanistonlik legioneri Selim Nurmuradov 1-bo'limda ancha faol bo'ldi, ikkinchi 45 daqiqalikda esa passivlashdi.


Humoyun Murtazoev 4-daqiqada 11 metrlik nuqta yonidan hech kim halal bermayotgan holatda birga-bir vaziyatdan foydala olmadi. Qo'qonliklar kiperi Muzaffar Abdullaev to'pni oyoqlari bilan qaytarib qoldi.


"Bunyodkor"ning yosh yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev juda yaxshi taassurot qoldirdi. "Championat.asia" ekspertlari ham aynan Rasulni kechagi bellashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topishdi.

"Championat.asia" ekspertlari Superliganing bugungi 2 o'yinida eng yaxshilarni aniqlashdi


Zaxiradagi o'yinchilar tribunada va ijtimoiy masofa saqlagan holda o'tirishdi.


Uchrashuv antiqahramoni Bobur Akbarov. Umuman olganda esa bunday holatda har qanday futbolchi bilan uchrashi mumkin va bunda o'yinchini ayblash to'g'ri emas.


Baxtiyor Ashurmatov durangni ushlab qolish uchun o'yin davomida bir necha bor taktikani o'zgartirdi.


Vadim Abramov jamoasi raqibdan ko'ra yaxshiroq holatdaligi ko'rindi, lekin hujumlarga so'nggi nuqtani qo'yishda muammolar ko'p hali.


To'p uchun kurash.




Karantindan keyingi dastlabki uchrashuvdan ko'plab ajoyib kadrlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика