So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  6 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

"Bunyodkor" ikkinchi davrada uyg'onadimi? Tayyorgarlik qanday ketyapti? Ilyos Zeytullaev barcha savollarga javob berdi Yangiliklar

"Bunyodkor" ikkinchi davrada uyg'onadimi? Tayyorgarlik qanday ketyapti? Ilyos Zeytullaev barcha savollarga javob berdi

"Bunyodkor" uchun birinchi davra ko'ngildagidek o'tmadi. Turnir jadvalida 13-o'rinda ketayotgan "qaldirg'ochlar" o'ziga mos pog'onada emas deya olamiz.

Zero, biz bilgan "Bunyodkor" bunday ko'rsktkichlar qayd etishi achinarli. Klub esa vaziyatdan chiqish yo'lida yozgi transferlar oynasida bir nechta o'zgarishlarga qo'l urdi. Bu borada esa jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi. 


"Ikkinchi davraga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Tarkibga bir nechta yangi futbolchilarni jalb qilyapmiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yordamchim Alesandro futbolchilarning holatini nazorat qilib boryapti. Ayrimlarida chempionat tugagan va turli holatda bo'lishi tabiiy. Superliga startiga optimal holatda etib kelishimiz kerak",- deydi Ilyos Zeytullaev. 

- Tarkib, o'yin falsafasi, taktik jihatdan o'z jamoangizni shakllantiryapsizmi?

- Hozirgi kunga kelib hujum chizig'imizda raqobat paydo bo'ldi. Futbolchilar buni his qilmoqda. Luis Kachorri va Andriya Filippovich jamoamizga qo'shilishdi. Bu bilan to'xtab qolmaganmiz. Rahbariyat yana ayrim poziciyalarga futbolchilarni jalb qilish ustida ishlashyapti. Murabbiylar shtabi ularga qaysi poziciyaga futbolchi kerakligini aytgan. 

- Suhrob Izzatov, Umid Sultonov jamoani tark etdi...

- Futbolda yuz beradigan normal holat deb bilaman. Suhrob va Umidga jamoamizda faoliyat olib borgani, ozmi-ko'pmi yordami tekkani uchun rahmat aytaman. Ular professional futbolchi va yaxshi inson. Umid Sultonov iqtidorli o'yinchi, unga o'yin amaliyoti kerak. Balki bu uning uchun oldinga tashlangan qadam bo'lishi mumkin. 

- Jamoada 3-4 oydan buyon faoliyat olib bormoqdasiz. Ayni vaqtda tanaffus. Jamoa o'zingiz istagan ko'rinishga kelyaptimi?

- Yigitlar nima istayotganimizni tushunib turibdi. Albatta, har bir murabbiyga vaqt kerak. Masalan, "Aral" bilan nazorat uchrashuvida birinchi bo'limda biroz kamchiliklar kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi qismida o'zimiz istagan o'yinni ko'rsata oldik. 

- Jon saqlash uchun kurashayotgan "Bunyodkor"ning ikkinchi davradagi imkoniyatlari qanday? Jamoa uyg'onadimi?

- Mavjud real vaziyatni qabul qilishga majburmiz. Bunga to'g'ri qarash kerak. Ha, oxirgi o'rindamiz. Har bir o'yinga oxirgisi kabi munosabatda bo'lishimiz kerak. Biz yo'lni o'rtasidamiz. Oxirida esa umumiy baho berishimiz, natijalarni sarhisob qilishimiz mumkin. Ayni vaqtda esa bor etiborni 2 avgust kungi bahsga qaratganmiz. Hattoki, keyingi o'yinni ham o'ylamayapmiz. "Qizilqum" bilan bahs final maqomida o'tishi shubhasiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика