So’nggi yangiliklar

08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  3 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3

"Bunyodkor" "Gorodeya"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Bunyodkor" "Gorodeya"ni mag'lub etdi

Teglar :  Bunyodkor
Bunyodkor Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarining beshinchi kunida ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Avvalgi o'yindan farqli ravishda Vadim Abramov uchrashuv kuni futbolchilarni «trenajer zali»da shug'ullantirgani yo'q. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, yigitlar Belorus chempionati oliy ligasida 7-o'rinni egallab turgan, so'nggi uch o'yinda 7 ochko jamg'argan «Gorodeya»dan to'pni nazorat qilish borasida katta ustunlikka ega bo'lgandir?!

«Gorodeya» shu kuni o'z muxlislari ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchramaslik uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Ammo o'yinni tashkil qilish va to'pni nazoratida sezilarli darajada ustunlikka ega futbolchilarimiz mezbonlar darvozasini har bir bo'limda bir martadan ishg'ol qilib, amalda o'yin taqdirini hal qilishdi. Qolaversa, hakam hisob qisqarganidan keyin Farrux Ikromovga nisbatan ishlatilgan penaltiga tortadigan qo'pollikka ko'z yumdi. Bu xato uchrashuv yakunida jamoamizga qimmatga tushishi mumkin edi, lekin omadimiz keldi. Katta tezlikda qarshi hujumga o'tgan mezbonlarning so'nggi zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Sanoqli santimetrlar «Bunyodkor»ning g'alabasiga to'sqinlik qila olmadi.

O'RTOQLIK UCHRASHUVI
«GORODEYA» (Belorus) – «BUNYODKOR» - 1:2 (0:1)
«Bunyodkor»
: Murodjon Zuhurov (Abdumavlon Abdujalilov, 46), Anvar G'ofurov (Valeriy Akopov, 71), Ulug'bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Dilshod Ahmadaliev (Muhammadodil Qahramonov, 59), Javohir Qahramonov (Boburbek Farhodov, 54), Nurillo To'xtasinov (Sanjar Rixsiboev, 81), Xurshid G'iyosov (Jasurbek Jaloliddinov, 61), Lutfulla To'raev (Farrux Ikromov, 67), Mirjahon Mirahmadov (Muhammad Diallo, 46; Vladislav Nuriev, 79).
Gollar: Maksim Rovbut, 34-o'z darvozasiga – 0:1. Muhammad Diallo, 58 – 0:2. Dmitriy Bayduk, 72 – 1:2.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика