So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  0 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

“Bunyodkor” FK ofisiga xalqaro sport yuristlari tashrif buyurishdi Yangiliklar

“Bunyodkor” FK ofisiga xalqaro sport yuristlari tashrif buyurishdi

Teglar :  Bunyodkor
Bugun, 21 fevral kuni, “Bunyodkor” futbol klubi ofisida Toshkentga kecha tunda uchib kelishgan sport sohasidagi xalqaro yuristlar bilan majlis bo'lib o'tdi.

SHveycariyaning “Niderer Kraft und Fray” hamda Angliyaning “Xogan Lavellz” xalqaro yuridik kompaniyalarining vakillari bilan uchrashuvda “Bunyodkor” rahbariyati ayni shu kunlarda klub oldida turgan eng dolzarb masalalar bo'yicha tahlil va muhokamalar olib bordi. Kun tartibidagi eng asosiy masala – “qaldirg'ochlar”ning ostonamizda turgan yangi mavsumni Superligada muvaffaqiyatli o'tkazib olishlariga bag'ishlandi. Bu uchun klub qanday choralar ko'rishi zarurligi o'rganib chiqildi. Xalqaro boy tajribaga ega yuristlar bu borada “Bunyodkor” FKga, FIFA tasdig'idan o'tgan reglamentlar va boshqa huquqiy-meyoriy hujjatlar hamda FIFA ustavidan kelib chiqib, o'zlarining kerakli taklif va maslahatlarini taqdim etishdi.

“Bunyodkor” klubi hamkorlarining yurtimizga tashrifi davom etmoqda. Ular bilan uchrashuv ertaga yana olib boriladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика