Birinchi davrada "Bunyodkor"da o'ynagan futbolchi Bosniya va Gercegovina klubiga o'tdi
27 iyu 18:24
Yangiliklar
Birinchi davrada "Bunyodkor"da o'ynagan futbolchi Bosniya va Gercegovina klubiga o'tdi
Xabaringiz bor, xorvatiyalik Toni Yovich 2024 yilni "Bunyodkor" safida boshladi.
Hujumkor futbolchi "qaldirg'ochlar" tarkibini tark etgani haqida xabar bergandik. Transfermarkt malumotiga ko'ra, Toni Yovich Bosniya va Gercegovinaning "Sloga Meridian" klubi bilan 2025 yil 30 iyuniga qadar shartnoma tuzgan.
Malumot uchun, Yovich birinchi davrada "Bunyodkor" safida Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatni amalga oshirmadi.
Fikrlar