So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

“Bunyodkor” FK akkreditaciya jarayonini boshladi Yangiliklar

“Bunyodkor” FK akkreditaciya jarayonini boshladi

“Bunyodkor” FK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo CHempionlar ligasi bahslari uchun akkreditaciyadan o'tkazish jarayonini boshladi.

Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 9 fevral sanasida CHempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi, bitta o'yinlik bahsni Toshkentda BAAning “Al-SHabab” klubiga qarshi o'tkazadi. Agarda “Bunyodkor” bahsni o'zi uchun ijobiy yakunlasa, u holda jamoamiz guruh bahslarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

“Bunyodkor”ning uy uchrashuv(lar)ida o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlari, ishlash uchun qulay qilib jihozlangan media-tribuna, bellashuvga oid materiallar tarqatiladigan va qalamkashlar ishiga muvofiq taminlangan matbuot markazi, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 20 yanvardan 1 fevralga qadar qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditaciyadan o'tkazish uchun xat, 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat va pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar media@fcbunyodkor.com manzilida elektron shaklda qabul qilinadi.

Qo'shimcha malumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика