"Bunyodkor" ertaga yangi futbolchilarni tanishiradi
08 mar 2021 21:27
Yangiliklar


"Bunyodkor" ertaga yangi futbolchilarni tanishiradi
Ertaga mamlakatimizda yangi futbol mavsumi start oladi.
Xabaringiz bor, «Bunyodkor» mavsumning ilk uchrashuvini 10 mart kuni «Mashal»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Mavsum startidan bir kun avval, yani ertaga, 9 mart seshanba kuni «Bunyodkor» taqdimot va tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilar ishtirok etadigan marosimga jamoaga taklif etilgan yangi o'yinchilar tanishtiriladi, liboslar topshiriladi. SHuningdek, OAV xodimlari klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Tadbir «Bunyodkor» stadionining anjumanlar zalida soat 14:00da boshlanadi.
Barcha OAV xodimlarini tadbirga taklif etamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar