So’nggi yangiliklar

18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2

"Bunyodkor" Eronda 5ta gol o'tkazib yubordi Yangiliklar

"Bunyodkor" Eronda 5ta gol o'tkazib yubordi

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Zob Ahan" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Danial Ismoilafar o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga kirib borib kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 1:0.

34-daqiqada Vohid Muhammadzoda burchak to'pidan so'ng boshi bilan ikkinchi golni "Bunyodkor" darvozasiga urdi - 2:0. 50-daqiqada Kaveh Rizoi tomonidan chap qanotdan uzatgan to'pni Mahdi Rajabzoda darvozaga yo'lladi - 3:0. 68-daqiqada Ashurmatov to'pni qaytarishda sirpanib ketdi va Kaveh Rizoi undan qochib ketib Zuhurov darvozasini ishg'ol qildi - 4:0.  79-daqiqada Zuagining kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Minori Sato boshi bilan darvozaga yo'lladi - 4:1. 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Murtazo Tabrizi o'z hisobiga gol yozib qo'ydi - 5:1.

Oradan ikki daqiqa o'tgach SHahzodbek Nurmatov hisobni yana qisqartirdi - 5:2.


Osiyo CHempionlar ligasi-2016
“V” guruhi, 4-tur
5 aprel, seshanba
Isfahon. “Fuladshahr” stadioni.
“ZOB-AHAN” (Eron) – “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 5:2

(MATNLI TRANSLYACIYA)
Hakamlar:
Ma Ning, Vang Deksing, Xuo Veyming (barchasi – Xitoy), Hanna Hattob (Suriya)
Hakamlar eksperti: Jassim Muhammad (Qatar)
Uchrashuv komissari: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Gollar: Danial Ismoilafar 3, - 1:0. Vohid Muhammadzoda 34, - 2:0. Mahdi Rajabzoda 50, - 3:0. Kaveh Rizoi 69, - 4:0. Sato Minori 79, - 4:1. Murtazo Tabrizi 87, - 5:1. SHahzodbek Nurmatov 89, - 5:2.

"Zob-Ahan": 12. Muhammadrashid Mazaheri, 3. Volid Ismoil, 4. Hadi Muhammadi, 8. Qosim Hadadifar, 9. Kaveh Rizoi, 15. Ehson Pahlavon, 16. Mahdipur Mahdi, 18.Ali Hamam, 23. Danial Ismoilafar (11.Murtazo Tabrizi, 66), 30.Mahdi Rajabzoda, 33.Vohid Muhammadzoda.
Zaxira: 1.Muhhammad Sadeg'i, 2.Muhammad Nejad Mehdi, 13.Muhammadrizo Hussayni, 25.Muhammad Rizo Abbosi, 61.Hoshim Beykzoda, 77.Amirkamdar Ahmad.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Akromjon Komilov, 9.Sato Minori, 10.Eldor SHomurodov (19.Zabihillo O'rinboev, 75), 14.Bahodir Nasimov, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat (11.SHahzodbek Nurmatov, 46), 71.Aleksandr Alempievich (7.SHaker Zuagi, 46).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Javlon Ibrohimov, 16.Dilshod Ahmadaliev, 77.Viktor Karpenko.

Ogohlantirishlar: Hadi Muhammadi 47, SHaker Zuagi 67,

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика