So’nggi yangiliklar

23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14

Bunyodkor - Dinamo: Samarqand jamoasi 5 yil oldingi natijani takrorlay oladimi? Yangiliklar

Bunyodkor - Dinamo: Samarqand jamoasi 5 yil oldingi natijani takrorlay oladimi?

Teglar :  Dinamo Bunyodkor
Superliga ikkinchi davrasi doirasidagi 14-turda Samarqandning “Dinamo” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor” klubi mehmoni bo'ladi.

Superliga. 14-tur.
27 iyul (shanba)
“Bunyodkor” – “Dinamo”
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, N. Qosimov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Ahmed Tillaev
TV-translyaciya: Sport TV
O'yin vaqti: 18:00

Kim qaerda tayyorgarlik ko'rdi?
“Dinamo” jamoasi davralar oralig'idagi tayyorgarlikni CHimyon tog'li hududi va Toshkentda o'tkazdi. 12 iyuldan 19 iyulgacha jamoa CHimyonda, 20 iyuldan esa poytaxtda yig'inga kirishdi. Toshkentda 3 ta nazorat bahslari o'tkazildi va 2 g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etildi.


“Dinamo”ning nazorat uchrashuvlari:
20 iyul (shanba)

“Navbahor” – “Dinamo” – 0:1
21 iyul (yakshanba)
“Andijon” – “Dinamo” – 1:0
23 iyul (seshanba)
“Surxon” – “Dinamo” - 1:2

“Dinamo” taraddudni o'zimizda o'tkazgan bo'lsa, “Bunyodkor” jamoasi xorijda yig'in tashkil etdi. Belorus poytaxti Minsk shahrida 10 kunlik yig'inda bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish bilan birga yangi futbolchilar sinovdan o'tkazildi.
“Bunyodkor”ning nazorat uchrashuvlari:
«Smolevichi» – «Bunyodkor» – 0:1
«Gorodeya» (Belorus) – «Bunyodkor» - 1:2
«Dnyapro» (Belorus) – «Bunyodkor» - 3:2
«Smolensk» (Rossiya) – «Bunyodkor» - 3:3



Kim qanday holatda?
“Dinamo” jamoasi ikkinchi davra oldidan 13 o'yindan keyin 18 ochko jamg'arib, 7-o'rinni band etgan. Samarqand klubi Superliga doirasidagi so'nggi uchta safar uchrashuvida mag'lubiyat nimalini bilmay kelmoqda – 3 durang.

Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” klubi esa Superligada o'tgan 13 o'yinda 21 ochko jamg'arib, 5-o'rindan joy olgan. “Qaldirg'ochlar” so'nggi uchta uy uchrashuvida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda – 2 g'alaba va 1 durang.

“Dinamo”ning so'nggi olti turdagi o'yini:
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0
9-tur. “Buxoro” – “Dinamo” – 0:0
10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2
11-tur. “Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:2
12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1
13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2

“Bunyodkor”ning so'nggi olti turdagi o'yini:
8-tur. “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” – 2:1
9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 0:0
10-tur. “Metallurg” – “Bunyodkor” – 0:2
11-tur. “Bunyodkor” – “Nasaf” – 1:1
12-tur. “Surxon” – “Bunyodkor” – 2:0
13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2



O'zaro o'yinlar: 21-to'qnashuv
Oliy Liga tarixida «Bunyodkor» va «Dinamo» klublari o'zaro bugungacha 21 marta to'qnash kelishgan. Toshkentdagi o'yin 22-to'qnashuv sifatida tarixda qoladi. O'zaro uchrashuvlar tarixi statistikasi «Bunyodkor» ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” 17 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag'lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga. Ko'ramiz, “Dinamo” 5 yil avvalgi natijani bu safar takrorlay olarmikan...

To'plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 40:10. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 6, “Bunyodkor” esa 54 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”ning yagona g'alabasi – 1:0.

Toshkent bo'lib o'tgan o'zaro so'nggi olti uchrashuv:
20/04/17. Bunyodkor – Dinamo – 1:1
23/05/15. Bunyodkor – Dinamo – 1:0
23/08/14. Bunyodkor – Dinamo – 0:1
05/10/13. Bunyodkor – Dinamo – 4:1
03/09/12. Bunyodkor – Dinamo – 2:1

Eski tanishlar...
Bugungi kunda «Dinamo»ga qaytgan Bahodir Nasimov o'z vaqtida “Bunyodkor” safida to'p surgan. “Qaldirg'ochlar” tarkibida ham sobiq “dinamochilar” bor. Xususan, samarqandlik himoyachi Anvar G'ofurov bir necha mavsumdan buyon “Bunyodkor”da to'p surayotgan bo'lsa, Javohir Qahramonov 2017 yilda aynan “Dinamo”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan, yana bir Suhrob Izzatov esa o'tgan yili Pro-Ligada “Dinamo”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangandi.


«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика