So’nggi yangiliklar

14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  0 13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  7 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  6

"Bunyodkor" bugun BAA yig'inini yakunlaydi Yangiliklar

"Bunyodkor" bugun BAA yig'inini yakunlaydi

Bugun amaldagi O'zbekiston chempionlari BAAning Dubay shahrida tashkil etgan ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashadi.
"Qaldirg'ochlar" yig'in doirasida Rossiya klublari bilan 3ta nazorat uchrashuvi o'tkazishdi. "Rostov" (1:1) va "Dinamo" (0:0) bilan o'yinlarda durang natija qayd etilgan bo'lsa, kecha "Spartak" (Moskva) klubiga imkoniyat boy (1:2) berildi. Kechagi o'yinning birinchi bo'limida "Bunyodkor" darvozasini Akbar To'raev qo'riqladi. U 45 daqiqa mobaynida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Spartak"ka qarshi kechgan o'yindan so'ng biz istedodli posbondan qisqacha intervyu oldik.

- Birinchi bo'limda men qo'riqlayotgan darvoza oldida deyarli havfli vaziyatlar sodir etilmadi, - deya so'z boshladi A.To'raev.  Yodda qoladigan faqat bitta vaziyat bo'ldi. Jarima zarbasidan tepilgan to'p to'g'ri qo'limga kelib tushdi. Aksincha, bizning yigitlarda darvozani ishg'ol qilish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Aleksandr Pishur, Vohid SHodiev va Alibobo Rahmatullaev qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Birinchi bo'limda o'yin asosan maydon markazida kechdi, desam to'g'riroq bo'ladi.

- "Spartak" klubining ustunligi qay jihatlarda ko'zga tashlandi?

- Rossiya klubi futbolchilari individual mahoratlari evaziga ustunlikka erishishdi.

- Kechagi uchrashuvning "Rostov" va "Dinamo" jamoalariga qarshi o'tkazilgan o'yinlar bilan farqi bo'ldimi?
- Menimcha, yo'q. Nazorat o'yinlarida murabbiylar tomonidan turli taktikalar sinab ko'riladi. SHu bois, o'yinlar natijasiga jiddiy etibor qaratilmaydi.

- Bugun kechki mashg'ulotlar bormi?
- Yo'q. Bugun ertalab trenajyor zalida ishladik. SHu bilan BAA yig'ini yakuniga etdi. Barcha mashg'ulotlar avvaldan belgilangan reja asosida o'tkazildi. Yig'inni bemalol muvaffaqiyatli o'tdi, deb aytish mumkin. Ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkentga qaytamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика