"Bunyodkor" BAAda Moskvaning "Dinamo" klubi bilan o'ynaydi
15 dek 2013 17:47
Yangiliklar

"Bunyodkor" BAAda Moskvaning "Dinamo" klubi bilan o'ynaydi
Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashrining xabariga ko'ra Moskvaning "Dinamo" klubi yanvar oyida Toshkentning "Bunyodkor" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
16-28 yanvar kunlari "Dinamo" BAAda yig'in o'tkazadi. Rossiya klubi u erda uchta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
22 yanvar kuni Dan Petresku shogirdlari Daniyaning "Brondbyu" klubi bilan kuch sinashishadi. 25 yanvarda esa raqib O'zbekiston chempioni "Bunyodkor" klubi bo'ladi. Uchinchi raqib nomi hozircha nomalum.
"Bunyodkor" 2013 yilning 6-16 yanvar kunlari BAAda yig'in o'tkazgandi. "Qaldirg'ochlar" u erda Saudiya Arabistoni chempionati ishtirokchisi “Al-Taavon” (2:1) va Ukrainaning “Metallist” (1:3) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini tashkil etgandi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa 2014 yil BAAdagi yig'inni qachon o'tkazishlari hozircha aniq emas.
Bundan tashqari "Dinamo" O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazgan.
"Dinamo" Rossiya premer-ligasining 19ta turidan so'ng 35 ochko to'plab qishki tanaffusga 4-o'rinda chiqib ketdi.

Fikrlar