“Bunyodkor-A”ning ichki derbidagi ustunligi
16 sen 2014 12:07
Yangiliklar

“Bunyodkor-A”ning ichki derbidagi ustunligi
Futbol bo'yicha bolalar va o'smirlar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligining 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bu turda “Bunyodkor” akademiyasining ikki jamoasi o'zaro kuch sinashdi. “Ichki derbi”da turli yosh toifasidagi jamoalarning umumiy to'plar nisbati 20:3 ga teng bo'ldi va unda “Bunyodkor-A” vakillari umumiy ustunlikni qo'lga kiritdilar.
1:2 (2003 yil)
Daslabki o'yinda jamoalarning eng kichik guruhlari o'zaro bahs olib borishdi. O'yinning boshlanishi teng kurashlar ostida kechdi. Vaqt o'tishi bilan ikki jamoada ham golli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Birinchi bo'limda “Bunyodkor-B” tartibli o'yin namoyish etib bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Biroq bu ustunlikni ikkinchi bo'limda saqlab qololmadi. Murabbiylardan kerakli ko'rsatmalarni olgan “Bunyodkor-A” futbolchilari ikkinchi bo'lim boshidanoq shiddatni oshirishdi va yakunda bitta to'p farqi bilan g'alabani ilib ketishdi.
0:4 (2002 yil)
“Bunyodkor-A”ning shu yosh toifasidagi jamoasi turnir boshidanoq musobaqa fovoriti sifatida etirof etib kelinadi. Bu bejizga emas, albatta. 2002 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar xalqaro maydon tajribasiga ega va jahon arenalarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Bu muvaffaqiyatlar Toshkent birinchiligida ham davom ettirilib, jamoa oxirgi ikki o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlagan holda raqib posbonlarini 26 (!) bor ranjitishga erishdi. SHu jihatlarning o'ziyoq bu o'yin ham “Bunyodkor-A” ustunligida o'tishidan darak berardi. Taxmin o'zini oqladi va jamoa vakillari o'z tengdoshlarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishdi.
0:2 (2001 yil)
Yana bir qiziqarli uchrashuvni 2001 yil tarbiyalanuvchilari taqdim etishdi. Bu o'yin ham teng kurashlar ostida kechdi va unda vaziyatlardan samarali foydalana olgan nominal mehmon maqomidagi “Bunyodkor-A” vakillari ustunlikka erishishdi. Uchrashuvda standart vaziyatlar muhim o'rin tutdi. Negaki o'yindagi ikki gol ham aynan burchak to'pidan so'ng darvozalardan joy oldi.
0:2 (2000 yil)
“Bunyodkor-A”ning g'alabali yurishi davom etib, bu gal ham jamoa “Bunyodkor-B”ni taslim etdi. Tanlangan taktika o'z samarasini berib, jamoa hujumda bexato harakat qildi. Tinimsiz hujumlar besamar ketmadi va yakunda “Bunyodkor-A” ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
0:5 (1999 yil)
“Bunyodkor-A”ning haqiqiy ustunligini jamoaning katta yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari namoyish etib berishdi. Dastlab 1999 yilda tug'ilgan bolalar bahsida “Bunyodkor-A” hujum chizig'ini to'xtatib qolishni imkoni bo'lmadi. Har ikki qanotdan uyushtirilgan tinimsiz xavfli hujumlar raqib himoyasini to'xtovsiz tarzda sarosimada tutib turdi. O'yin taqdiri birinchi bo'limdayoq hal bo'ldi va “Bunyodkor-B” o'z darvozasidan uchta gol olib chiqishga majbur bo'ldi. Ikkinchi bo'lim ham “Bunyodkor-A” ustunligida o'tdi va jamoa yana ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.
2:5 (1998 yil)
Kunning oxirgi o'yinida ham “Bunyodkor-A” o'z ustunligini namoyish etdi. Boshqa o'yinlardan farqli ravishda bu uchrashuvda “Bunyodkor-B” ham ikki bor raqib posbonini dog'da qoldirishga erishdi. Biroq bu ikki gol raqibni “uyg'otish”ga xizmat qildi, xolos. “Bunyodkor-A” ketma-ket besh bor gol kiritib g'alabani o'z hisobiga rasmiylashtirdi. SHu tariqa, “Bunyodkor-A”ning barcha yosh toifasidagi jamoalari “Bunyodkor-B” ustidan ishonchli va kerakli g'alabalarni qo'lga kiritishdi.
Birinchilikning 22-tur o'yinlari 21 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Akademiyamiz jamoalari ham o'z o'yinlarini shu kuni o'tkazishadi. “Bunyodkor-A” o'z maydonida “Lokomotiv” vakillarini qabul qilsa, “Bunyodkor-B” safarda “Spartak” mehmoni bo'ladi. Vakillarimizga bu o'yinlarda omad tilab qolamiz.
Sanjar Ismatov

Fikrlar