So’nggi yangiliklar

20:15Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  3 20:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. Ўзбекистон — Нидерландия 0:1 (матнли трансляция)  5 19:39Футзал. "Ҳумо Арена"даги голлар шоуси ёҳуд гуруҳдошларимиз Парагвай - Коста-Рика учрашувидан ажойиб ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:35"Навбаҳор" - "Насаф" (Матнли трансляция)  24 19:32Онана биринчи марта АПЛ ўйинида пенальти қайтарди  0 19:20Футзал бўйича ЖЧ. Бразилия Куба дарвозасига 10та гол урди  1 19:16Футзал бўйича ЖЧ-2024. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳда Парагвай Коста-Рикани мағлуб этди  0 19:00АПЛ. МЮ меҳмонда йирик ғалабага эришди  11 17:38ЦСКА - "Зенит". Файзуллаев асосий таркибдами?  6 17:00Футзал бўйича ЖЧ. Мундиалнинг илк ўйинида Осиё терма жамоаси европаликларни таслим қилди  8 16:54Магуайр: "Агар "Сити" 115та иш бўйича айбдор деб топилса, улардан 60-100 очко олиб ташланишини кутиш керак"  6 16:41Португалия терма жамоаси дарвозабони: "Мақсадимиз мусобақанинг сўнгги кунига қадар шу ерда қолиш"  1 16:20"Аждарлар" чемпионлик учун навбатдаги қадамни ташлайдими? "Навбаҳор" - "Насаф" ўйинига превью  10 16:05Ўзбекистон футзал терма жамоасининг барча футболчилари ва мураббийлари имзоси туширилган тўпни ютиб олинг!  0 15:45Португалия футзал терма жамоаси устози: "Гуруҳимиздаги барча рақиблар ўз қитъасида энг кучлилари"  1

"Bunyodkor" "Al SHabab"ni mag'lub etdi va OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi Yangiliklar

"Bunyodkor" "Al SHabab"ni mag'lub etdi va OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" hamda "Al SHabab" o'rtasidagi uchrashuvning matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali o'qib borishingiz mumkin.


                                              YANGILASH



- Uchrashuvdan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari. Keyingi uchrashuvlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha! Etiboringiz uchun tashakkur!


- O'YIN TUGADI! G'ALABA! "Bunyodkor" OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu bilan barcha muxlislarni tabriklaymiz! "Bunyodkor" "B" guruhida "Al Nasr" (SA), "Lahviya" (Qatar), "Zob Axan" (Eron) jamoalari bilan kuch sinashadi.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` "Bunyodkor" o'yinning so'nggi daqiqalarida raqibga yuqori bosim o'tkazmoqda.


88` Nurmatov SHomurodovni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Raqib himoyachisi Muhammad Marzuq hujumchini yiqitdi. Hakam Marzuqni ogohlantirdi. Jarima zarbasini Zuagi amalga oshirdi. Salem Abdulla Zuagining zarbasini ushlab olishda muammoga duch kelmadi.


86` SHahzodbek Nurmatov ham debyut o'yinida gol urish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Biroq hujumchi to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgani oqibatida zarba berishga kech qoldi. 


84` O'zgarish. "Al SHabab": Junino o'rniga Rashid Hassan Ali Hassan maydonga tushirildi.


81` O'zgarish. "Bunyodkor": Dostonbek Hamdamov o'rniga Sato Minori maydonga tushdi.


77` "Bunyodkor" hisobdan kelib chiqib o'ynamoqda. Aslida hujumga etibor qaratib, oldinga borsa raqib himoya qo'rg'onini yorib o'tsa bo'ladi. Buni birinchi taymda ikki marta guvohi bo'ldik.


75` Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 9485 nafar tomoshabin kelgan.


71` Enrike Luvannor to'pni tepishga hozirlanayotgan Murod Zuhurovga tashlandi va oyog'iga zarba berdi. Hakam bu vaziyatda futbolchini ogohlantirishni ep ko'rmadi.


68` Belgilangan jarima zarbasini amalga oshirishni cho'zib yuborgan Doston Hamdamov hakam tomonidan ogohlantirildi. Keraksiz joyda sariq kartochka. Jarima zarbasi esa vakillarimizga foyda bermadi.


65` Xavfli vaziyat! Luvannorning kuchli zarbasini Murod Zuhurov bartaraf etdi. Qaytgan to'pni esa ikkinchi tempda Junino darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Noaniq.


63` Jarohat olgan Otabek SHukurov o'yinni davom ettira olmaydi. Uning o'rniga SHahzodbek Nurmatov maydonga tushdi. Demak "Bunyodkor" 4-3-3 sxemasidan 4-4-2ga o'tdi. Hujum markazida Nasimov-Nurmatov tandemi harakatlanadi.


61` Bahodir Nasimov to'pni SHomurodovga boshi bilan tashlab berdi va Eldor kuchli zarba yo'lladi. Birozgina noaniq.


60` Hassan Safar Otabek SHukurovning yuziga tepib yuborgani uchun ogohlantirildi.


58` "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Zabihillo O'rinboev o'z o'rnini Bahodir Nasimovga bo'shatib berdi.


54` Jamoalar ikkinchi bo'limda mazmunsiz futbol ko'rsatishmoqda. "Bunyodkor" tushunarli, ular natijadan kelib chiqib o'ynashmoqda. "Al SHabab" futbolchilari oddiy qisqa to'p uzatishlarda ham ko'plab xatolarga yo'l qo'yishmoqda.


50` "Bunyodkor" futbolchilari biroz keskin o'ynashmoqda. Ular ishtirokida mayda follar ko'p uchramoqda.


48` "Al SHabab" ikkinchi bo'limni birinchisiga nisbatan faolroq boshladi. Bu tabiiy. CHunki ularda boshqa yo'l yo'q.


46` "Al SHabab" tarkibida o'zgarish. Dovud Al Balushi o'rniga Halifa Abdulla maydonga tushdi. Kaio Junior ushbu o'yinchi orqali jamoa o'yinini kuchaytirmoqchi shekilli


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! Dam olamiz. Uyda bo'lsangiz bir piyola issiqqina ko'k choydan xo'plab qo'ying. Stadionda bunday imkoniyat yo'q...)


45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


41` Hujum qila olmayotgan "Al SHabab" jamoasi futbolchisi Mahmud Qassimning toqati tog' bo'ldi uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Uning zarbasi noaniq ketdi.


38` Birinchi bo'limda ishlarimiz "5"! Muhimi taymni kamida shu kayfiyatda yakunlash lozim. Tanaffusda Lushan futbolchilarga ikkinchi bo'lim uchun maxsus topshiriqlarni berishi turgan gap.


37` Stadionga yig'ilgan muxlislar: "Bunyodkor" deya, "qaldirg'cholar"ni qo'llab-quvvatlashmoqda.


36` Ajoyib hujum va chiroyli gol! Doston Hamdamovning chiroyli harakati va Akrom Komilovning to'p uzatishidan so'ng Eldor SHomurodov uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi. Tabloda 2:0.


35` GOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL! ELDOR SHOMURODOV! Balli, Eldor!


31` Otabek SHukurovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Salim Abdulla ikkinchi urinishda ushlab oldi. Darvozabon to'pni antiqa ushlab olmoqchi bo'lgandi, ammo o'xshamadi.


29` Hassan Safar burchak zarbasidan so'ng boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin futbolchi mo'ljalda adashdi.


25` Zabihillo O'rinboevni yiqitgani uchun Muhammad Al SHammari ogohlantirildi.


21` "Al SHabab" o'ng qanot orqali hujum qildi. Jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni ushlashga harakat qilayotgan Zuhurovga nisbatan qoida buzildi va hakam buni o'z vaqtida payqadi.


20` O'yin tempi biroz pasaydi. G'alaba biz tomonda, asosiysi shu. SHu tempda uchrashuv yakunlansa ham hech kim qarshi bo'lmasa kerak)


17` Dovud Al Balushining Zuhurov turgan darvoza tomon tepgan kuchli zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.


16` "Bunyodkor"ning yangi azosi Aleksandr Alempievich hujumlarni tashkil etishda va raqib hujumlarini bartaraf etishda juda faol. "Bunyodkor"ning oldinga beriladigan birinchi pasi aynan Sasha orqali bo'lmoqda. Qora ishlarni bajarishda ham Sasha yaxshi o'ynamoqda.


13` "Al SHabab" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda. Azizbek Haydarov mehmonlar hujumlarini tashkil etishda faollik ko'rsatmoqda. Luvannor ham raqib jamoa safidagi eng faol harakat qilayotgan futbolchilardan biri bo'lmoqda.


11` SHaker Zuagi hozircha juda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Uning zargarona to'p uzatmalari orqali hujum tashkil etilmoqda.


8` "Bunyodkor" to'pni nazorat qilishga va hujum qilishga urg'u bermoqda. "Al SHabab" hozircha darvozamiz oldida xavfli vaziyat yarata olmayapti. "Qaldirg'ochlar" raqibni maydon markazidayoq kutib olishmoqda.


6` O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Al SHabab" tezlik bilan oldinga bordi. Biroq himoyachilar raqib hujumini o'z vaqtida bartaraf etishdi. To'p vakillarimizda va o'yinni "qaldirg'ochlar" nazorat qilishmoqda.


3` "Bunyodkor" katta kuch bilan oldinga bordi va markaz orqali hujumni chap qanotdan rivojlantirdi. Dastavval Hamdamovning darvozaga yo'llagan zarbasini Salem Abdulla mushtlari bilan urib yubordi. Qaytgan to'pdan so'ng "qaldirg'ochlar" ikkinchi tempda hujumni davom ettirishdi va Zuagining pasidan so'ng Eldor SHomurodov raqib darvozasini ishg'ol etdi - 1:0.


2` GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!!!!!!!!!! ELDOR SHOMURODOV!!!!!!!!!!!! AJOYIB!


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A, OLG'A "BUNYODKOR"!


- Stadionda internet ishlash tezligi biroz past. Agarda texnik nosozliklar yuzaga kelib, translyaciya to'xtab qolsa to'g'ri tushunasizlar. Bu shunchaki har ehtimolga qarshi eslatma.


- Demak diqqat qilamiz: Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


- Jamolar tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, Kaio Junior bugun 4-4-2 sxemasini tanlagan. "Al SHabab"ning hujum chizig'ida Junino va Enrike Luvannor tandemi harakat qiladi. Ularga qarshi yosh himoyachilarimiz Ashurmatov va Mirabdullaev munosib qarshilik qiladi deb umid qilamiz. Sergey Lushan kutilmaganda Sato Minorini zaxirada qoldirgan. Bu o'ziga xos yangilik. Alimpievich-Zuagi-SHukurov triosi bugun markazda o'ynaydi. Hujumda ham o'sha eski uchlik: Hamdamov-O'rinboev-SHomurodov. Lushan 4-3-3 sxemasiga sodiq qoldi. "Bunyodkor"ga yangi kelib qo'shilgan markaziy hujumchilar SHahzod Nurmatov va Bahodir Nasimovni katta ehtimol bilan ikkinchi bo'limda ko'ramiz. Ular o'yinin kuchaytirish maqsadida zaxirada ushlanmoqda.


- Stadion asta-sekin muxlislar bilan to'lib bormoqda. Media-tribunada ham jurnalistlar o'z joylarini egallab olishmoqda.




Uchrashuv oldidan chigalyozdi mashqlarni boshlab yuborgan Rustam Ashurmatov Tolibjon Qosimovning obektivlaridan o'rin oldi.

- Bugun kun ancha sovuq. Toshkentda asta-sekin qor parchalari osmondan tushishni boshlab yubordi.


- Uchrashuvni televizorda "Sport" kanali orqali ko'radigan muxlislar uchun Davron Fayziev bellashuvni sharhlab borishini eslatib o'tamiz.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! O'zbekistonda qishning sovuq kunlarida futbol bahori start olmoqda. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun o'z maydonida BAAning "Al SHabab" jamoasi bilan kurashadi. Biz esa "Bunyodkor" stadionidan uchrashuvdan olib boradigan reportajimizni boshlaymiz. Umid qilamizki, bugun "qaldirg'ochlar" o'zbekistonlik millionlab muxlislarga g'alabani taqdim etishadi. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi. Demak boshlayapmiz. O'yin esa sal o'tib boshlanadi. Hammamiz birgalikda jo'r bo'lib "Olg'a "Bunyodkor" - deymiz!  "Qaldirg'ochlar"ga omad yor bo'lsin!


- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


OCHL. Pley-off.

"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al SHabab" (BAA) 2:0

Toshkent, "Bunyodkor" stadioni.

Bosh hakamKim Dong Jin (Janubiy Koreya) 

Gollar: Eldor SHomurodov (2, 35)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (s), 3.Akramjon Komilov, 7.SHaker Zuagi, 10.Eldor SHomurodov, 15.Javlon Mirabdullaev, 17.Dostonbek Hamdamov (Sato Minori, 81), 19.Zabihillo O'rinboev (14.Bahodir Nasimov, 58), 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov (11.SHahzodbek Nurmatov, 63), 71.Aleksandar Alempievich

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 11.SHahzodbek Nurmatov, 14.Bahodir Nasimov

Bosh murabbiy: Sergey Lushan

"Al SHabab": 18. Salim Abdulla, 3. Muhammad Al SHamiri, 4.Muhammad Marzuq, 7.Aziz Haydarov, 10. Karlos Villanueva (s), 11.Enrike Luvannor, 15. Dovud Al Balushi (92. Halifa Abdulla, 46), 22. Manei Muhammad, 25. Mahmud Qosim, 26. Hassan Safar, 99. Junino (77.Rashid Hassan, 84).

Zaxira: 17. Hassan Hamza. 2. Issa Muhammad, 20. Nosir Masud, 30. Muhammad Juma, 70. Ahmad Sulaymon, 77.Rashid Hassan, 92. Halifa Abdulla.

Bosh murabbiy: Kaio Junior

Ogohlantirishlar: Al SHammari (25), Hassan Safar (60), Dostonbek Hamdamov (68), Muhammad Marzuq (88), Villanueva (90)

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика