"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarining tantanali taqdirlash marosimidan reportaj
14 dek 2021 21:52
Yangiliklar
"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarining tantanali taqdirlash marosimidan reportaj
Tadbirni O'FA faxriylar bo'limi rahbari To'lagan Isoqov kirish so'zi bilan ochib berdi.
"Sizlarga havas qilaman. Bizning vaqtda bunday imkoniyatlar, sharoitlar bo'lmagan. Ota-onalardan iltimos qilib qolaman, farzandlaringni qo'lidan telefonni olib qo'yinglar. Futbol og'ir o'yin, unda muvaffaqiyatga erishish uchun katta mehnat qilish kerak. Mehnat qilgan bola albatta yutuqlarga erishadi va bu orqali oilasini taminlaydi. O'ylaymanki, sizlar o'zbek futbolini kelajagiga aylanasizlar",- deydi To'lagan Isoqov.
Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev akademiya rahbari o'rinbosari Bahodir Mahkamovga OFKning ikki yulduzli maqomini berganligi to'g'risidagi guvohnomani tortiq qildi. Yaqinda bu yorug' olamni tark etgan "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diyor Rahimqulov ham yodga olindi
Boks sport turi bo'yicha Muhammadqodir Abdullaev, Murodjon Ahmadaliev, Abdumalik Xalakov, Madiyor Saidrahimov yosh futbolchilarga medallar topshirishdi.
Muhammadqodir Abdullaev: - Avvallari bokchilar o'rtasida jahon chempioni bo'lish ham qiyin edi, ammo so'nggi yillarda bu odatiy holga aylandi. Olimpiada va jahon chempioni bo'lish biz uchun murakkabligini yo'qotdi. Endi navbat sizlarga! Bunyodkor tarbiyalanuvchilaridan jahon chempioni chiqsin! Buning uchun faqat va faqat mehnat qilinglar!
Murodjon Ahmadaliev: - Futbolning mehnati oson emasligini juda yaxshi bilaman. CHunki o'zim boksdan oldin futbol bilan shug'ullanganman. Muvaffaqiyatga erishish uchun faqat mehnat qilinglar. Ustozlaring, ota-onalaringni aytganlariga quloq solinglar
Marosimga mehmon sifatida klubning sobiq futbolchilari va tarbiyalanuvchilari Rustam Ashurmatov, Sardor Azimov, Akrom Komilov, Zabihillo O'rinboev ishtirok etishdi. Zaldagilarga ayni paytda xorijda bo'lib turgan Eldor SHomurodov va Otabek SHukurovning video tabrigi qo'yib eshittirildi.
Zabihillo O'rinboev: - Ukalarim, mehnat qilishdan to'xtamanglar. Hammasi o'z qo'llaringda. Murabbiylarning aytganini qilinglar! Mehnat bilan yuqori natijalarga erishasizlar.
Yosh futbolchilarga chempionlik medallari va esdalik sovg'alari topshirildi.
Toshkent shahar futbol associaciyasi bosh kotibi Nodirxo'ja Yuldashev Bunyodkor-2005 ustozi Jamoliddin Rahmatullaevni sahnaga taklif etib, murabbiyga associaciyaning maxsus kubogini topshirdi. SHuningdek klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga yil hamkori sovrinini topshirdi.
Tojikistondan "Istiqlol" klubi murabbiyi Farruh Berdiev tashrif buyurdi va tomonlar esdalik sovg'alari almashishdi.
Rustam Ashurmatov o'zi to'p surayotgan Janubiy Koreyaning "Gvanju" jamoasining libosini esdalik uchun klub direktori Ulug'bek Mirzaevga topshirdi.
2022 yildan boshlab "Bunyodkor"ning barcha yoshdagi jamoalari mazkur to'plardan foydalanishadi. Endilikda klubda to'p bilan bog'liq muammo bo'lmaydi.
Abdulaziz Iskandarov
Foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar