“Bunyodkor-2002” tayyorlov guruhlari g'olibi!
13 noy 2016 13:25
Yangiliklar
“Bunyodkor-2002” tayyorlov guruhlari g'olibi!
Andijon shahrida 2002-2003 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada g'olib va sovrindovlar aniqladi.
3-o'rin uchun kechgan bahsda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari Xaqqulobodning “Norin” jamoasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Musobaqa g'olibligi uchun “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari mezbonlar “Uz Dong Ju” jamoasi vakillari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli o'tgan uchrashuvda Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi bunyodkorchilar 2:0 hisobida g'olib chiqishdi va 2016 yilgi tayyorlov guruhlari turniri bosh sovrinini qo'lga kiritishdi.
Turnir yakuniga ko'ra, "Bunyodkor" vakillaridan Mo'min Qodirov - eng yaxshi darvozabon, Jasur Jaloliddinov - eng yaxshi futbolchi hamda eng ko'p gol urgan to'purar nomiga sazovor bo'lishdi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoa murabbiylari va futbolchilarni tabriklaymiz.
Fikrlar