“Bunyodkor-2000” ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi
29 jan 2015 10:30
Yangiliklar
“Bunyodkor-2000” ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi
Xitoyning CHendu shahrida U-15 yosh toifasidagi futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Musobaqada mezbonlar “Sungdo” (Xitoy), “Kiongido” (Janubiy Koreya), “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari ishtirok etishmoqda.
1-tur doirasida xitoyliklarni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan “Bunyodkor-2000” azolari ikkinchi tur uchrashuvida SHimoliy Koreyaning “Yusonyon” klubiga ana shu hisobda imkoniyatni boy berishdi. Jamoamizning yagona goli Rasul Yuldashev hisobiga yozildi.
Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari bugun 3-tur uchrashuvini Janubiy Koreyaning “Kiongido” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Fikrlar