Bundesliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri "Atletiko"ga o'tishi mumkin
08 fev 2021 17:15
Yangiliklar


Bundesliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri "Atletiko"ga o'tishi mumkin
Frankfurtning "Ayntraxt" klubida o'ynayotgan portugaliyalik hujumchi Andre Silva faoliyatini Ispaniya chempionatining top-klubida davom ettirishi mumkin.
25 yoshli to'purar futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Ayntraxt" esa futbolchining sotuvidan 30 million evrodan kam ishlab olmoqchi emas.
Silvaning Frankfurt klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Andre joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar